Kontent qismiga oʻtish

The Tender Tale of Cinderella Penguin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Tender Tale of
Cinderella Penguin
Rejissyor(lar) Janet Perlman
Prodyuser(lar) Janet Perlman [1]
Studiya(lar) National Film Board of Canada
Chiqarilgan sanasi 1981-yil
Davomiyligi 10 minut
Mamlakat Kanada

„The Tender Tale of Cinderella Penguin“ – 1981-yil Kanadada ishlangan Janet Perlmanning qisqa metrajli animatsion filmi. Filmda Zolushka haqidagi ertakni pingvinlar bilan birga kulgili tarzda namoyish etiladi[2]. Kanada Milliy Kino Agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan film 54-Oskar mukofotlari marosimida eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film nominatsiyasida nomzod qilib ko'rsatildi. Lekin mukofotga Monrealning boshqa Frédéric Back's „Crac“ nomli qisqa metrajli animatsion filmi loyiq deb topildi. Film Parents' Choice Award mukofotiga ham sazovor boʻldi[3][4].

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yovuz o'gay opa-singillari ziyofatga borganda, Zolushka uyda qolishga majbur boʻladi. Filmda hamma pingvin holida tasvirlangan (hatto „ot“ga aylangan sichqonlar ham). Mashhur billur tufli esa qanotga oʻxshash qilib ishlangan.

Kitob holida nashr qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Perlmanning filmi 1992-yilda Kids Can Press of Toronto tomonidan „Cinderella Penguin nomida“ nashr qilingan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]