The Sphere haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

The Sphere (asl nomi Große Kugelkaryatide NY, shuningdek , Plaza favvorasidagi shar, WTC Sphere yoki Koenig Sphere nomlari bilan ham tanilgan) nemis ijodkori Fritz Koenig (1924–2017) tomonidan yaratilgan bronza quymali haykal hisoblanadi.[1] Zamonaviy dunyoning eng katta bronza haykali 1971-yildan 2001-yil 11-sentabr teraktigacha Nyu-York shahridagi Butunjahon savdo markazining Ostin J. Tobin maydonida, egizak minoralarning orasida joylashgan. Ogʻirligi 20 tonnadan ortiq boʻlgan bu sanʼat asari qulagan egizak minoralarning xarobalaridan deyarli buzilmagan holda topilgan yagona sanʼat asari hisoblanadi. Jon F. Kennedi xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan angarda demontaj ishlari olib borilgan va saqlanganidan soʻng, haykal 2001-yilda "Koenigʻs Sphere" hujjatli filmining asosiy mavzusi sifatida foydalanilgan. Oʻshandan beri bronza shar 11-sentabr voqealaridan keyingi yodgorlikka aylangan. Sferik karyatid haykal 2002-2017-yillar oraligʻida Battery parkida oʻrnatilgan edi, ammo Nyu-York va Nyu-Jersi port maʼmuriyati qarori bilan uni Ozodlik bogʻidagidagi asl oʻrniga 11-sentabr yodgorligi ga qaratib koʻchirilgan.[2] 2017-yilning 16-avgustda doimiy joyida qayta tiklangan haykal 11-sentabr hujumlaridan keyin topilgan holatida saqlanib kelinmoqda.

Sanʼat asari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab Große Kugelkaryatide NY / Great Caryatid Sphere NY ning yaratilishi 1960-yillar oxiri,1970-yillarning boshlariga toʻgʻri keladi. Oʻsha paytda Fritz Koenig AQShda ijodkor sifatida tanilayotgan edi. Jahon Savdo Markazining meʼmori Minoru Yamasaki Nyu-Yorkdagi Jorj V. Staempfli galereyasida nemis haykaltaroshining asarlarini koʻrganidan soʻng, Koenigdan Jahon Savdo Markazining oʻsha vaqtda qurilayotgan Egizak minoralari orasida mavjud bosh joy uchun favvoradan iborat boʻlgan haykal yaratishni soʻradi. 1967-yilda Koenig Nyu-York va Nyu-Jersi port maʼmuriyati tomonidan haykalning asosiy mijozi hamda mulk egasi sifatida shartnomaga ega boʻldi.[3]

The Sfera Koenigning turli karyatidlar ijodiy bosqichining biriga toʻgʻri keladi, hamda Koenig turli xil geometrik va ogʻirlik boʻyicha muammolarga duch keldi. Koenig oʻzining haykali bilan osmonoʻpar binolarning rasmiy kontrastini belgilamoqchi edi. Diametri 25 metr (82 ft) hamda 1 metr (3 ft 3 in) balandlikka ega porfir diskka oʻrnatilgan shar 24 soat ichida oʻz oʻqi atrofida bir marta aylanib chiqadi. Plaza favvorasiga bogʻlangan nozullaridan soniyasiga 600 litr suv oqib chiqadi. Quduq suvi shar atrofida aylanib turuvchi halqa shaklidagi sharga tutashgan tekis yuzaga purkalib turgan. Bu sferik karyatid suvdan koʻtarilgandek taassurot qoldirishi kerak boʻlgan. Yuqoridagi tizimning oʻta murakkab texnologiyasi Myunxen Texnika universiteti qoshidagi Gidrologiya va daryo havzasini boshqarish instituti tomonidan ishlab chiqilgan, Koenig 1964-yilgacha huddi shu institutda maʼruza oʻqigan. Hozirgi zamonning eng katta bronza haykalining ogʻirligi yigirma tonnadan oshadi, shuningdek 7.6 metr (25 ft) balandlik va 5.2 metr (17 ft) diametrga ega. Koenig buni „eng katta farzandi“ deb atadi.[4]

Haykal 1968-yilning oxiri 1971-yilning oxirigacha Frits Koenig yashagan Landshut yaqinidagi Ganslberg shahrida yasalgan. Asl oʻlchamdagi gipsli model ustida ishlash Koenigning uyi va haqiqiy studiyasi yaqinida yangi ustaxonani qurishni talab qildi. Koenig oʻz asarini yaratishda uning uzoq yillik yordamchisi boʻlgan Gyugo Jan va Tyroleanlik(Avstriya) haykaltarosh Jozef Plankenshtayner lardan katta yordam olgan. 1969-yildan boshlab 67 ta alohida qismga boʻlingan sharning gipsli elementlari Myunxen sanʼat quyish zavodida Hans Mayrda bronzadan qayta ishlangan. Keyin umumiy ogʻirligi oʻn etti tonna boʻlgan individual bronza segmentlari Ganslbergdagi ustaxonaga keltiriladi va u erda yigʻildi.

Toʻrt yillik rejalashtirish va ishlab chiqarishdan soʻng, tayyor haykal yana demontaj qilindi va yuk mashinalari hamda turli yuklovchi uskunalar bilan Bremen portiga olib borildi. Sfera va poydevorning bronza elementlari yana bir joyga birlashtirildi, shunda Koenig haykali Atlantika boʻylab dengiz orqali Nyu-Yorkka maxsus yasalgan katta oʻlchamdagi yogʻoch transport qutisida uni eltish ishlari olib borildi. 1971-yilda The Sphere nihoyat Butunjahon Savdo Markazining maydoniga oʻrnatildi va biroz vaqtdan keyin tantanali ravishda ochilish marosimi oʻtkazildi. Haykal, shu jumladan favvora, rivojlanish markazini belgilab, Nyu-Yorkliklar uchun mashhur uchrashuv joyiga aylandi. Bu badiiy asar „savdo orqali dunyo tinchligi“ga bagʻishlangan. „Große Kugelkaryatide NY“ asl nomi Nyu-Yorkliklarga yoqmadi. Ular sharsimon haykalni „Koenig shari“ yoki oddiygina „Sfera“ deb atashni maʼqul bilishdi. [5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Otterman. „Battered and Scarred, 'Sphere' Returns to 9/11 Site“. New York Times (2017-yil 29-noyabr).
  2. Otterman. „Battered and Scarred, 'Sphere' Returns to 9/11 Site“. New York Times (2017-yil 29-noyabr).
  3. Percy Adlon. „Koenig's Sphere“. Leora Films, Inc. (2001). 2010-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-sentyabr.
  4. Percy Adlon. „Koenig's Sphere“. Leora Films, Inc. (2001). 2010-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-sentyabr.
  5. „From Ganslberg to Manhattan Fritz Koenig's Great Caryatid Sphere N.Y. (1967–1972)“. Holger A. Klein (2015-yil 11-may). Qaraldi: 2021-yil 10-may.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi tasvir
The Sphere in Battery Park
The Sphere in Liberty Park