Kontent qismiga oʻtish

Terma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Terma — xalq qoʻshiqlari turi. Oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, uygʻur, qirgʻiz folklorida keng tarqalgan. Paydo boʻlish davriga koʻra anʼanaviy va zamonaviy turlarga boʻlinadi. Ikki asosiy koʻrinishi mavjud. Birinchisi — shoirbaxshilar tomonidan maxsus "tomoq" usulida ("ichki ovoz" uslubida) aytiladigan, nisbatan rivojlangan, ritmoʻlchov jihatidan maʼlum erkinlikka ega epik mavzuli T. Ikkinchisi — shoirbaxshilar bilan birga xalq qoʻshiqchilari (mas., qozoqlarda — "termeshi") tomonidan ijro etiladigan, turli (nasihatomuz, lirik, hazil va boshqalar) mazmunda, tor hajmli, ritmoʻlchov jihatidan aniq kuylardan iborat, muayyan darajada kuychanlikka ega T. Har ikkala turining sheʼriy asosini 7—8 va, baʼzida, 5 boʻgʻinli misralardan iborat barmoq vaznidagi xalq sheʼrlari tashkil etadi. Koʻp boʻgʻinli misrali sheʼrlar esa maydaroq (7Q4 yoki 3Q5Q3 kabi) turoklarga boʻlinadi. T.larniig sheʼriy boʻlinishi kuylarning tuzilishida ham oʻz aksini topadi: kuy boʻlak (oxang)larining oʻzaro nisbatlari (soni, hajmi) sheʼriy matni qurilishi (mas., turoqlar soni va gʻajmi) ni qaytaradi. T.da ohangdorlik bilan rechitativ xususiyatlari qorishib ketgan. Odob va axloq, oshiqmaʼshuqlar toʻgʻrisida, soʻz va soz taʼrifi haqida ("Doʻmbiram", "Qoʻbizim " kabi) qator Tlar yaratilgan. Doston T.lari50—150 misra atrofida boʻladi. "Kunlarim" anʼanaviy T.si Goʻroʻgʻlining epik biografiyasidan iborat. Bunday T.lar Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Abdulla shoir, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Madraim Shaman oʻgʻli va boshqalarning "Kunlarim", Islom shoirnint "Baxtiyor avlodlarga" kabi avtobiografik liroepik asarlarining yaratilishiga asos boʻldi. Baxshilar tomonidan ayrim T.lar dostonlar tarkibiga singdirib yuborilganidek, dostonlarning baʼzi sheʼriy parchalari ham T.lar sifatida kuylangan. T.lar baxshi va xalfalar tomonidan hozir ham kuylanib, ularning yangiyangi namunalari yaratilmoqda.

  • Karomatov N., Oʻzbekxalqi musiqa merosi (20-asrda). Terma, lapar, yalla, 2kitob, T., 1985.

Olimjon Bekov.