Temurnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Temurnoma — Mullo Salohiddin Toshkandiy qalamiga mansub asar.

"Temurnoma"ning 1990-yilgi nashri

Ushbu asar milodiy 1908-yil, Hijriy 1327-yilda nashr etilgan. Ushbu asar Amir Temurning butun hayotini ifodalagan. Amir Temurning bolaligidan tortib butun hayoti, Markaziy Osiyoni moʻgʻullar zulmidan ozod qilishi, Dashti qipchoq, rus yerlari, Ural sari qilingan yurishlar, Eron, Turkiya, Shom va Iroq, Hindistonga qoʻshin tortishlar, Boyazid Yildirim bilan boʻlgan janglar, ular bilan bogʻliq sarguzashtlar qiziqarli hikoya qilingan. Ushbu asar haqida aytish mumkinki „Temurnoma“ ilmiy yoinki tarixiy asar emas. „Temurnoma“ — eng avvalo badiiy asar. Badiiy asar boʻlganda ham bir necha tildagi manbalar asosida bitilgan. Shu bois asarni tarjima deb atash faqat bir taraflama boʻlib qoladi. Shu bilan birga asardagi voqea-hodisalarni dalillashda tarixiy manbalarga murojaat etilgan oʻrinlar koʻp. Bu hol asarda boshan oyoq davom etadi. Ana shularga asoslanib „ Temurnoma“ni bir nechta tarixiy-badiiy asarlar umumlashtirilgan yangi asar deyish mumkin. Amir Temur shaxsini yoʻltoʻsar, qaroqchi deguvchi olimlar ham topiladi va bunday kitoblar ham talaygina. Salohidin Toshkandiy esa „Temurnoma“ asarini aynan ularning daʼvolarini inkor etish uchun yozilgandek. Vaxolanki kitob „oktabr“ inqilobian rosa toʻqqiz yil oldin nashr etilgan. „Temurnoma“ koʻp jihatdan ayniqsa, qamrovi eʼtibori bilan „Boburnoma“ga, „Qissas-ul-anbiyo“ga ancha yaqin turadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Temurnoma" ning 1990-yildagi nashri. Soʻzboshi