Kontent qismiga oʻtish

Temur G`iyosov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Temur Gʻiyosovich Gʻiyosovich — sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, professor. 1931-yil 28-iyunda Toshkentda tugʻilgan.

1948-yil ToshDU Sharq fakultetiga oʻqishga kirib, 1953-yili mazkur fakultetining tarix boʻlimini bitirib, xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi kafedrasi qoshidagi aspiranturada oʻqiy boshladi. U 1958-yil Moskvada, SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida „Hindistonning Janubi-sharqiy Osiyo va Uzoq Sharqda keskinliklarini yumshatish uchun kurash“ mavzusida, 1973-yilda "Hindiston diplomatiyasining Yangi Sharq va Janubi-sharqiy Osiyoda agressiya va neokolonializmga qarshi kurashi(1947-1967) „ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Temur Gʻiyosov 1956-yildan shu kunga qadar xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi kafedrasida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi va dotsent, 1976-yildan professor lavozimida ishlab, yoshlarga Hindiston, Pokiston mamlakatlari tarixi, iqtisodiyoti va tashqi siyosati boʻyicha maʼruzalar oʻqib taʼlim-tarbiya berib kelmoqda. U 1991-yildan Toshkent davlat sharqshunoslik institutining xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi kafedrasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Temur Gʻiyosov hindshunoslarning Moskva va boshqa shaharlarda oʻtkazilgan xalqaro simpozium va seminarlarlarida qiziqarli maʼruzalari bilan ishtirok etgan. U 8 nafar fan nomzodi tayyorlab yetkazdi. Temur Gʻiyosov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy Attestatsiya komissiyasining tarix fanlari boʻyicha ekspert kengashining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Doʻstlik hamjamiyati Oʻzbekiston—Hindiston pravleniyesining aʼzosi. Temur Gʻiyosov 120 dan ortiq ilmiy ishlarning, shu jumladan, uchta monografiya ning muallifi.

Ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Hindistonning Janubi-sharqiy Osiyo va Uzoq Sharqda keskinlikni yumshatish uchun kurash. T., 1957.
  2. Hindistonning Jazoir muammosini tinchlik bilan hal qilish uchun kurashi. —ToshDU ilmiy ishla-ri, 229, Sharqshunoslik. T., 1964.
  3. Yaqin va Oʻrta Sharqda tinchlikni mustahkamlashda Hindistonning roli. T., 1970.
  4. Tinchlik va hamkorlik yoʻlidan—“Soviet Lend". Dehli, 1977, No 2.
  5. Bugungi Hindiston. T., „Oʻzbekiston“, 1981.
  6. Hindiston Respublikasining „ Afgʻon masalasidan“ pozitsiyasi ToshDU ilmiy ishla-ri, Sharqshunoslik. Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi. T., 1983.
  7. Qoʻshilmaslik harakati—xalqaro xavfsizlikning muhim omili. T., 1984.
  8. Hindiston Respublikasining asosiy tashqi siyosiy muammolari. —Ilmiy dokladlar toʻplami. T., „Fan“, 1988.
  9. Vatanni kashf etgan inson. J. Neru tugʻilganining 100 yilligiga. —" Fan va turmush " jurnali, 1989, 11-son.
  10. Hindistonning Hindixitoy xalqlari ozodligi va mustaqilligi uchun kurashi. T., 1991.
  11. Eron bilan Iroq mojarosini tinchlik bilan hal etishda Hindistonning roli. —OʻzR FA Sharqshunoslik instituti ilmiy ishlari toʻplami, „Janubiy Osiyo va zamonamiz“. T., „ Fan“, 1991.
  1. Malik ABDUSAMATOV. Oʻzbekiston sharqshunoslari. T.: Toshkent, 1996.