Kontent qismiga oʻtish

Temir sulfatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Temir kuporosidan yoʻnaltirildi)

Temir sulfatlari - sulfat kislotaning temirli tuzlari. Temir (II) sulfat FeSO4 — rangsiz, gigroskopik kristallar; zichligi 3,14 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmasidan — 1,82° dan 56,8° gacha geptagidrat, 56,8°—64° oraligʻida — tetragidrat, 64° dan yuqori trada monogidrat xrlida kristallanadi. 700° atrofida FeO va SO3 ga ajraladi.

Geptagidrat FeSO47H2O (texnik nomi — temir kuporosi, molekulyar massasi-- 278 tabiatda — melanterit minerali) — havorangyashil kristallar; zichligi 1,898 g/sm3, suvda (20° da massa jihatidan 21%), spirtda, glitserinda eriydi. Tetragidrat FeSO44H2O — yashil kristallar, monogidrat FeSO4H2O — rangsiz kristallar. FeSO4 bilan ammoniy sulfat (NH4)2SO4hhhf suvdagi eritmasidan koʻkyashil rangli, havoda barqaror qoʻsh sulfat FeSO4 (NH4)2 •SO46H2O (Mop tuzi) kristallanadi. Temir (II) sulfat kimyoviy reaksiyalarda kaytaruvchi, galvanotexnikada elektrolit komponenti, taxta konservanta, fungitsit sifatida, pigmentlar olishda, analitik kimyoda NO” MnO4 Ce4Q MnNO~ ionlarini ochishda qoʻllanadi.

Temir (III) sulfat Fe2(SO)3 — och yashil gigroskopik kristallar; zichligi 3,097 g/sm3. Suvdagi eritmasidan Fe2(SO4)3nH2O (bu yerda pq12, 10, 9, 7, 6, 3) koʻrinishidagi kristallogidratlar holida kristallanadi. Nonagidrat Fe2(SO4)39H2O (tabiatda — kokimbit minerali). Suvda (100 g da 440 g, 20° da), spirtda, gidrazinda eriydi. Qizdirilganda 98° da tetragidratga, 125° da monogidratga, 175° da suvsiz Fe2(SO4)ra aylanadi, 600° dan yuqorida Fe2O3 va SO3 ga ajraladi. Fe2(SO4)3 ammoniy sulfat bilan birga qoʻshilib och binafsha tusli goʻzal kristallardan iborat temirammoniyli achchiqtosh NH4Fe(SO4)212H2O hosil qiladi. Temir (III) sulfat galvanotexnikada elektrolit komponenti, suvni tozalashda koagulyant sifatida, achchiqtosh va pigmentlar olishda ishlatiladi.