Teller Edvard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Edward Teller (1908.15.1, Budapesht — 2003.10.9, Kaliforniya shtati, AQSH) — amerikalik fizik, AQSH Milliy FA aʼzosi (1948 yildan). Vengriyada tugʻilgan, Germaniya, Daniya, Buyuk Britaniyada oʻqigan va ishlagan. 1935 yildan AKSH da. Vashington unti (1935—41), Chikago unti (1946—52), Kaliforniya unti prof. (1953—75). Ilmiy ishlari kvant mexanika, yadro fizikasi, termoyadro reaksiyalar, elementar zarralar fizikasi, kosmik nurlar fizikasi va boshqalarga oid. AQSH atom bombasini yaratihda ishtirok etgan (1941— 53), uning bevosita rahbarligi ostida vodorod bombasi yaratilgan. Kosmologiya va yulduzlarning ichki tuzilishi, kosmik nurlarning paydo boʻlishi muammosi va boshqa bilan ham shugʻullangan.