Telesyujet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2022-09-16_GLAM_on_Tour_Zentralbibliothek_Zürich_(Martin_Rulsch)_038


Telesyujet (SYUJET (frans. - predmet, mazmun, narsa) - badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir-biri bilan o`zaro bog`liqlikda kechadigan, qahramonlar o`rtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi[1]) - televizoin asarlarning mazmuni va ketma-ketligini aks ettiruvchi tartib.

Syujet formulasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Syujet = 1 voqea = 1 axboriy sabab = 1 tarix = 1 hissiyot = 1 fikr. Agar punktlarda ko'rsatilgan tenglik buzilsa, televizion syujet samarasi past bo'ladi. Albatta, bunday formulani tahliliy koʻrsatuvlarga joriy etib bo'lmaydi. Baʼzida yangilik mohiyatini bitta jumla orqali ham ifodalash mumkin[2].

Syujet dramaturgik kompozitsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tafsilotlarning rivojlanish tamoyillari: ekspozitsiya -  muqaddima - holatning rivoji - kulminatsiya[3] - holatning keyingi rivoji - xotima.
  • Ekspozitsiya - nima, qayerda, qachon, kim bilan sodir boldi.
  • Muqaddima - qahramon va antiqahramonlar toʻqnashuvini tasvirlab berish, ziddiyatlarning kelib chiqish sabablarini ko'rsatish.
  • Rivoji - yangidan-yangi dalillarning taqdim etilishi tufayli tomoshabin qahramonlar tomonida turib hayajonlanishni boshlaydi.
  • Kulminatsiya - bu bosqichda hali hech qayerda eʼlon qilinmagan dalillarning jurnalist tomonidan taqdim etilishi bilan tomoshabinda yuqori taʼsir hissiyoti paydo bo'ladi.
  • Xotima - bunda ziddiyatlar yakuni hamda xulosalar taqdim etiladi.

Telesyujet matnining oʻziga xos xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Xolislik
  2. Voqeaning dolzarbligi
  3. G'oyatda tushunarliligi
  4. Mantiqiy bayon qilish

Teleyangiliklarning odatdagi syujetlar dramaturgiyasidan farqi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Repartyor ziddiyatlarning qatnashchisi bo'lib, jarayonga bevosita guvoh bo'ladi. Efirda to'g'ridan-to'g'ri shaxsiy fikrini bildirmasligi, voqeani baholovchi so'zlardan foydalanmasligi, tomoshabinga dalillar yordamida oʻzaro zid qoʻyilgan ikki tomonning ijobiy va salbiy tomonlarini tushuntirib berishi lozim.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

syujet

  1. „SYUJET“. elib.buxdu.uz. Buxora davlat universiteti kutubxonasi. 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-aprel.
  2. Audiojurnalistika 6-jild. "O`zbekiston nashryot matbaa ijodiy uyi", 28.12.2019 — 432 bet. 
  3. „kulminatsiya“. wiktionary. Qaraldi: 2023-yil 7-aprel.