Tavqi’

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tavqi’ xatida bitilgan Qur’oni karimning Oli Imron surasi 85-88 oyatlari, izohlar fors tilida nasx xatida yozilgan (XIV asr).

Tavqi’ (arab. التوقيع) – arab xattotlik uslublaridan biri. Bu suls yozuvining oʻzgartirilgan va kichikroq versiyasidir. Ikkala yozuv ham Ibn Muqla tomonidan ishlab chiqilgan[1]. Tavqi’ yozuvi Ibn Bavvob tomonidan yanada takomillashtirilgan[2].

Tavqi’ asosan Usmoniylar imperiyasida rasmiy davlat qogʻozlari va hujjatlarida qoʻllanilgan, u yerda tevki nomi bilan mashhur boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ibn Muqlah“. Encyclopædia Britannica. 22-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.
  2. „Ibn al-Bawwab“. Encyclopædia Britannica. 22-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.