Tatyana Banchenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tatyana Petrovna Banchenko
Tavalludi 1947-yil 25-may
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRQozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1969-yildan boshlab

Tatyana Petrovna Banchenko (1947-yil 25-may, Jizzax, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet va qozoq teatri aktrisasi. Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tatyana Petrovna Banchenko 1947-yil 25-mayda Oʻzbekiston SSR Samarqand viloyatiga qarashli Jizzax shahrida tugʻilgan. U 1957-yilda oilasi bilan Olmaotaga koʻchib oʻtadi, u yerda drama klubida oʻqidi, xorda kuyladi. Qurmangazi nomidagi Qozogʻiston davlat sanʼat institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi teatr va kino aktyoriligi. 1969—1989-yillarda N.Sats nomidagi Davlat akademik rus bolalar va oʻsmirlar teatri aktrisasi sifatida mehnat faoliyatini olib borgan. 1989-yildan M.Y.Lermontov nomidagi rus drama teatrining aktrisasi boʻlgan.

Teatrdagi faoliyatida davomida bir qancha rollarni oʻynagan. Jumladan, F.Stroppelning (ruscha:Жизнь таки прекрасна, Hayot hali ham goʻzal) spektaklida Juliya obrazida, Bomarshening „Figaroning uylanishi“ operasida Marselin obrazida, Aleksandr Ostrovskiyning „Qorqiz“ spektaklida Boblixa obrazida, M.Polining (ruscha:Страсти на Лазурном Берегу, Lojuvard sohilidagi ehtiros) spektaklida Mademoiselle Assunta obrazida, F.Garsiya Lorkaning Andalusiya laʼnati (Bernarda Alba uyi) spektaklida Bernarda obrazida, V.Shekspirning „Romeo va Juletta“ tragediyasida Julettaning enagasi obrazida, L.Razumovskayaning (ruscha:Что хочет женщина…, Ayol nimani xohlaydi ...) Nina Petrovna obrazida, T.Gabbening „Kristal shippak“ spektaklida Oʻgay ona obrazida rol ijro etgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tatyana Petrovna Banchenko 2018-yilda Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist. 1975-yilda „Jiger“ yoshlar mukofoti, 1988-yil „Mehnat faxriysi“ medali, 2003-yil 16-dekabrda „Buyuk mehnati uchun“ medali bilan taqdirlangan[1]. 2017-yil „Maxsus yutuqlar“ nominatsiyasida Yevroosiyo mukofoti sovrindori hisoblanadi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Награды ко Дню независимости“. 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-oktyabr.
  2. „Казахстанские деятели культуры получили Евразийскую премию“. 2018-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-oktyabr.