Tatsitning "Germaniya" asari haqida.

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 Asar muallifi Publius Kornelius Tatsitus qadimgi rim tarixchisi bo'lib milodiy 50-yillarning o'rtalaridan taxminan 120-yillargacha yashab o'tgan. Uning 3 ta kichik ("Agrikola", "Germaniya", "Notiqlar haqida suhbat") va 2 ta yirik ("Tarix" va "Yozuvlar") asarlari bor. Germaniya asariga keladigan bo'lsak bu asar Rim imperiyasidan tashqarida yashagan german qabilalarining etnografik tavsifi haqida ma'lumot beradi. Tatsit shaxsan o'zi hech qachon Germaniyaga bormagan, lekin uning asari nemislarning qadimgi hayotidan guvohlik beruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. U bu asarni Germaniya urushi faxriylari bilan suhbatlashib va bu hudud haqida asar yozgan yozuvchilar asarlarini o'rganib yozgan ekan. Rim imperiyasi qulagandan so'ng, Tatsitning asari 1455 yilgacha unitilib bo'lingan edi, lekin uning Xersfeld Abbeyidan yagona qo'lyozmasi topilishi bilan tarix tilga kiradi. Tatsit xabar bergan ma'lumotlar gumanistlar o'rtasida qizg'in munozaralarga sabab bo'ldi. Tatsit materialida Rim Janubi va Germaniya shimolining qarama-qarshiligi hech qachon islohot natijasida yuzaga kelmaganligi, aksincha ming yillik ildizlarga ega ekanligi ta'kidlangan.

"Germaniya" asarida qadimgi nemislar quyidagicha ta'riflangan:

   Germaniyada yashovchilar hech qachon biron bir ajnabiy bilan nikoh orqali aralashmaganlar qabilalar azaldan o'zlarining asl pokligini saqlab qolgan va faqat o'zlariga o'xshash bo'lgan maxsus xalqni tashkil etishgan.  Shunday qilib ularning barchasi bir xil ko'rinishga ega bo'lganlar: ko'k ko'zlar, och jigarrang sochlar va baland bo'ylar.

   Yuqorida aytganimdek qadimgi nemislar haqida juda ko'p ma'lumotlar bizga Tatsitning asarlaridan ma'lum.

"Barcha xudolarning shohi" Xtonik va Nerta unumdorligi ma'budasi sharafiga o'tkazilgan festivallar Tatsit qo'lyozmasining topilishi tufayli ma'lum bo'ldi. Tatsitning aytishicha ayollar jamiyatda muhim rol o'ynagan. Janglarda ayollar erkaklarga doimo hamrohlik qilishgan bu esa erkaklarga o'zgacha bir ruh bag'ishlagan. Muallif so'zlariga ko'ra erkaklarni urushga kirishiga ayollar sababchi bo'lishgan aks holda ayollar asirlikka ketib qolishi mumkin bo'lgan. Erkaklar esa bundan juda qo'rqishgan. German xalqlari asosan bir xotin bilan kifoyalanishgan, faqat bir nechta siyosiy nikoh bundan mustasno bo'lgan ekan.

Tatsit 1-bo'lib Boltiq dengizining uzoq qirg'oqlari - Fenni va Aesti yarim yovvoyi aholisini eslatib o'tgan.  Zamonaviy davrda ushbu ekzoetnonimlar "Suomi" (Finlar) va "Maaraxvas" (Estoniyaliklar) deb atalgan fin-ugor xalqlariga to'g'ri keladi.

Asosiy mavzuga keladigan bo'lsak "Germaniya" asari XX asr jahon urushlarida nemis romantik millatchilik davrida qalqon darajasiga ko'tarilib, pan-germanizm mafkurasini asoslash uchun xizmat qildi, shu munosabat bilan tarixchi Arnaldo Momigliano 1956 yilda hatto "Germaniya" asarini tarixdagi eng xavfli kitoblar qatoriga kiritdi. Bundan kelib chiqadiki bu asarning  etnografik tarixga ega boy ma'lumoti insonlarga noto'g'ri talqin qilinsa xalqlar orasida shovinistik kuchlarni faollashtirib yuborishi mumkin ekan.

Muallif bilan bog'lanish uchun: Telegram @Jahongir_Mannonov