Tartudagi Tosh koʻprik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tosh koʻprik (estoncha: Kivisild) — Estoniyaning Tartu shahridagi Emayigi daryosi boʻylab saqlanib qolmagan tosh koʻprik[1]. Liflyandiyadagi birinchi tosh koʻprik, erta klassik davrning muhim meʼmoriy asari[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tosh koʻprik 1775-yilda general-gubernator Yuriy Yuryevich Broun tashabbusi bilan Tartudagi katta yongʻindan keyin qurilgan. Loyiha mualliflari — Iogann Zaklovski va I. Ts. Zigfriden. Koʻprik uchun toshlar ogʻir mehnat uchun Estoniyaga haydalgan Pugachev qoʻzgʻoloni ishtirokchilari tomonidan tarashlangan[3]. Qurilish 1779-yilda boshlangan va 1784-yilda yakunlangan. Koʻprik 1784-yil 16-sentyabrdaishga tushurilgan[1].

Koʻprikning markaziy qismi antik[4] davrni eslatuvchi zafar arkalari bilan bezatilgan . Koʻprik Tartu markaziy maydonidagi tarixiy ansambl tarkibining asosiy elementlaridan biri boʻlgan. Koʻprik maydonning uzunlamasına oʻqida joylashgan boʻlib, unga oʻziga xos tantanali kirish vazifasini oʻtagan[5].

1941-yil 9-iyulda chekinayotgan rus qoʻshinlari tomonidan koʻprik portlatilgan[6][7]. Bugungi kunda uning oʻrnida yana bir koʻprik — Kaarsild turibdi.

Hozirda Tosh koʻprikni qayta tiklash rejalari mavjud[8].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Kivisild“ (et). Tartu linn. Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  2. Раам В. В.. Архитектурные памятники Эстонии. Искусство. Ленинградское отделение, 1974 — 224 bet. 
  3. Вахтре Л.. История эстонской культуры: краткий обзор. Институт Я. Тыниссона, 1994 — 95 bet. 
  4. Пуллат Р. Н., Тарвел Э. В.. История города Тарту. Таллин: Ээсти раамат, 1980 — 54 bet. 
  5. Раам В. В.. Архитектурные памятники Эстонии. Искусство. Ленинградское отделение, 1974 — 224 bet. 
  6. Милютина Т. П.. Люди моей жизни. Тарту: Крипта, 1997 — 267 bet. 
  7. „Hüvasti, Kivisild! Igaveseks?“ (et). Tartu Postimees (2015-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  8. The Kivisild stone bridge will rise again.