Tarix fanini o'rganishda formatsiyaviy yondashuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarix fanini o'rganishda formatsiyaviy yondashuv - Formatsiyaviy yondashuv doirasida ikki xil konsepsiya ilgari suriladi: 1) Marksistik va 2) Jamiyatning postindustrial nazariyasi. Marksistik nazariya ijtimoiy-tarixiy jarayonlar asosini ishlab chiqarish usullarining rivojlanishini tashkil etadi, deb hisoblaydi. Shu asosda esa jamiyat rivojlanish bosqichlari  formatsiyalar aniqlanadi. Formatsiyaviy yondashuv chiziqli rivojlanishning mutlaq ekanligini takidlaydi va tarixda iqtisodiy omilni mutlaqlashtiradi, ijtimoiypsixologiya mentalitetning ahamiyatini esa pasaytirib korsatadi. Sovet davrining qotib qolgan qarashlariga asosan, Karl Marks jamiyat rivojlanishini bir necha bosqichlarga bolib chiqadi. Bular ibtidoiy jamoa davri, quldorlik davri, feodalizm, kapitalistik davr va kommunistik davri. Ammo K.Marks tadqiqotlarida bu beshlik korsatilmaydi. Bu beshlikning haqiqiy mualliflari esa Lenin va Stalin hisoblanadi. Formatsiyaviy yondashuv sovet davri tarix ilmining metodologik asosi hisoblangan, undan ozgina chekinish ham qattiq taqiqlangan. Jamiyatning postindustrial nazariyasi ijtimoiytarixiy jarayonning asosiy aniqlovchilari sifatida uchta jamiyatni: ananaviy, industrial va postindustrial jamiyatni korsatadi. Tarixni organishda sivilizatsiyaviy yondashuv  bu yondashuv formatsiyaviy yondashuvga qaraganda bir qancha koproq asoslarga ega. Sivilizatsiyaviy yondashuv tarixiy tadqiqot markaziga ishlab chiqarish usullarini emas, balki insonni qoyadi. Mazkur yondashuvning ahamiyati shundaki, u sivilizatsiyani, jamiyat tizimini bir butun deb tushunadi va oz ichiga har xil bir-biriga bogliq bolgan elementlarni (din, madaniyat, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy tashkilotlar) qamrab oladi. Ushbu yondashuvda asosiy diqqat kop variantlilikka va tarixiy rivojlanish davriyligiga, u yoki bu jamiyatning ijtimoiy-psixologiya mentalitet tahliliga qaratiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Antropologiya va etnalogik tadqiqot usullari.B.A.Odilov. toshkent 2021.