Kontent qismiga oʻtish

Tardigrada

Vikipediya, erkin ensiklopediya
0.1-1.5 mm
Voyaga yetgan tardigrada

Tardigrada (Imillab yuruvchilar) — tanasi boʻlimlarga boʻlingan, sakkizta oyoqli, suvda yashovchi mikroskopik jonzot[1] . Baʼzida "mitti suv ayigʻi" deb ham nomlanadi. Birinchi marta germaniyalik zoolog Iogan Avgust Efraim Gyotse tomonidan 1773-yilda oʻrganilgan va uni mitti suv ayigʻi deb atagan. 1771-yilda esa italiyalik biolog Lazzaro Spallanzani unga tardigrada yaʼni „sekin qadamlar“ nomini bergan[2][3].

Tardigradalar hamma yerdan topilgan, dengizning tubidan to toʻglarning choʻqqisigacha, tropik oʻrmonlardan tortib, --Antarktidagacha. Tardigradalar jonzotlar orasidagi eng chidamli turlarga kiradi. Ular boshqa oʻrganizmlar yashay olmaydigan, ekstremal haroratlarda, ekstremal bosimda, kuchli radiatsiyada, qurgʻoqchilik va ozuqa yetishmasligida, hatto ochiq koinotda ham yashab qola oladilar[4].

Voyaga yetgan tardigradalar odatda 0,5 mm uzunlikda boʻladi. Koʻrinishi hashoratlar qurtini eslatib, tirnoqlar yoki soʻrgʻichlarga ega 4 juft oyoqlari bor. Moxlar yoki lishayniklar tardigradalar uchun tabiiy yashash muhiti hisoblanadi. Ular odatda mayda suv oʻtlari, oʻsimlik hujayralari va mayda umurtqasizlar bilan oziqlanadi.

Yashab qolish qobiliyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

tardigradalar tirik qolishi mumkin boʻlgan haroratlar:

151 °C da bir necha daqiqa

−20 °C da 30 yil

−200 °C da bir necha kun

−272 °C da bir necha daqiqa

Bosim. Ular vakuumga, shuningdek juda yuqori bosimlarga (atmosfera bosimidan 1200 baravar ortiq) bardosh bera oladilar. Baʼzi turlar, 6000 atmosfera bosimiga ham bardosh bera oladi, bu dunyo okeanining eng chuqur joyi — Mariana botigʻidagi suv bosimidan olti baravar koʻpdir.

Degidratsiya(suvsizlik)

tardigradalar quruq holatda omon qolishi isbotlangan eng uzoq vaqt, qariyb 10 yil, ammo 120 yillik qurigan moxdan topilgan tardigrada yana qoniqarli sharoitlarga oʻtkazilganda, tirilmagan boʻlsa ham, hech boʻlmaganda bitta oyogʻi qimirlagani haqida hisobot bor. Radiatsiya tardigradalar boshqa hayvonlarga qaraganda 1000 baravar koʻproq radiatsiyaga bardosh bera oladi. Ularning oʻrtacha halokatli dozalari 5000 Gy. (Odamda bu koʻrsatkich atigi 5-10 Gy). tardigradalarning bunday chidamliliklarining sababi, ularning DNKsiga radiatsiya bergan zarar juda tez tiklanishidadir.

  1. ↑ Miller, William „Tardigrades“. American Scientist (2017-yil 6-fevral). 2018-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-aprel.
  2. ↑ Brusca, Richard C.; Moore, Wendy; Shuster, Stephen M.. Invertebrates, 3rd, Sinauer Associates, 2016 — 711–717-bet. ISBN 978-1605353753. 
  3. ↑ Gross, Vladimir; Treffkorn, Sandra; Reichelt, Julian; Epple, Lisa; Lüter, Carsten; Mayer, Georg (January 2019). "Miniaturization of tardigrades (water bears): Morphological and genomic perspectives". Arthropod Structure & Development 48: 12–19. doi:10.1016/j.asd.2018.11.006. ISSN 1873-5495. PMID 30447338.
  4. ↑ Zhou, Sarah; DeFranco, Joseph P.; Blaha, Nicholas T. et al. (2019). "Aversive conditioning in the tardigrade, Dactylobiotus dispar". Journal of Experimental Psychology: Animal Learning and Cognition 45 (4): 405–412. doi:10.1037/xan0000218. PMID 31368766. PMC 6776688. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6776688.