Taras Chubay
Taras Chubay | |
---|---|
Tavalludi | 21-iyun 1970 |
Janrlar | Rok-musiqa va bard qo'shig'i |
Fuqaroligi | Ukraina va SSSR |
Taras Grigoryevich Chubay (ukraincha: Тарас Григорович Чубай, 1970-yil 21-iyunda Lvov shahrida tugʻilgan) – ukrainalik qoʻshiqchi, rok musiqachisi va bastakor, „Plach Yeremiy“ guruhining vokalisti va qoʻshiqnavisi. Ukraina xalq artisti (2017)[1]. Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (2008)[2]. Faoliyati davomida 100 dan ortiq qoʻshiqlar yozgan, 11 ta albom nashr etgan va Kraysler-Imperial operasi uchun uvertura yozgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ukraina shoiri, tarjimon va sanʼatshunos Grigoriy Chubay oilasida tugʻilgan. S. Krushelnitskaya nomidagi Lvov musiqa maktabi va Lvov konservatoriyasini tamomlagan. Talabalik yillarida, 1987-1992-yillarda „Ne juris!“ teatrining spektakllarida qatnashgan. 1990-yilda bas gitarachi Vsevolod Dyachishin bilan birgalikda „Plach Yeremiy“ guruhini tashkil qilgan va hozirgacha ijodda davom etmoqda.
1999-yilda Kiyevga koʻchib oʻtgan. „Skryabin“ guruhi bilan ikkita albom yozgan – „Nashe Rizdvo“ va „Nashі partizani“. 2003-yil 11-sentyabrda Ukraina saroyida oʻzining „Svіtlo і spovіd“ albomini taqdim etgan holda yakkaxon konsert bergan. Konsertda uning „Plach Yeremiy“ guruhi, „Virtuozi Lvova“ kamera orkestri va „Pikkardiyska tertsiya“ musiqiy assotsiatsiyasi ishtirok etgan[3].
2008-yilda Taras Chubay „Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan.
2017-yil 24-avgustda Ukraina Prezidentining farmoni bilan unga „Ukraina xalq artisti“ unvoni berilgan.
Uylangan, uch farzandi bor.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Plach Yeremiy
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dverі, kotrі naspravdі e (1993)
- Nay bude vse yak e… (1995)
- Xata moya (1997)
- Dobre (1998)
- Svіtlo і spovіd ch.1 (2003)
Boshqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Postat Golosu (1988)
- Nashe Rіzdvo (1998)
- Nashі partizani (2000)
- Nash Іvasyuk (2002)
Taras Chubay va Kozak System
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Pіsnі samonavedennya“ (2014)
Ordenlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (13.11.2008)
- Ukraina xalq artisti (24.08.2017)
- „Y“ jurnalidan „Za dobroye delo“ koʻkrak nishoni (2004).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Указ Президент України від 24 серпня 2017 року № 251/2017 «Про відзначення державними нагородами України з нагоди Дня незалежності України»“. 2017-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
- ↑ „Указом Президента України № 1041/2008“. 2012-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-noyabr.
- ↑ „Тарас Чубай: "Світло і сповідь"“. 2008-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taras Chubay sahifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Intervyular
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Тарас Чубай шукає памперси“. Sumno.com (2010-yil 14-sentyabr). 2011-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-sentyabr.
- Интервью Тараса Чубая телеканалу ТВІ. Весна 2011 года YouTubeda
- „Львів потрапив під вплив російсько-хохляцької телевізійно-радійної схеми“. Zaxid.net (2010-yil 2-iyul). 2011-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-iyun.