Tanzimat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tanzimat (arab. — tartibga solish) — Usmonli turk sultonligida oʻtkazilgan ijtimoiysiyosiy islohotlar va shu islohotlar oʻtkazilgan davr (1839—70). T. 2 davrga boʻlinadi. Uning 1davri "Gulxona xatti sharifi" deb atalib, 1839—50y.larni oʻz ichiga oladi. 1839 y. 3 noyabrda Turkiya tashqi ishlar vaziri Rashid Posho Gulxona bogʻida Usmonli turk sultoni Abdulmajid (hukmronlik davri: 1839—61) dan barcha davlat zodagonlari ishtirokida islohotga ruxsat ("xatti sharif") oldi. Unda hamma fuqarolarning hayoti, vijdon erki va mulk daxlsizligi, qonunsizliklarga barham berilishi, soliqlarning kamaytirilishi va boshqa masalalar eʼlon qilingan. Shunga binoan, 10 y. davomida xuquq va maʼmuriy, moliya, harbiy ish va maorif sohalariga oid bir nechta qonunlar qabul qilindi. Islohotlar natijasida Turkiya hayotida bir muncha yangiliklar yuz berdi. Birok, Turkiyadagi yirik zodagonlar unga qattiq qarshilik koʻrsatishgan.

T.ning 2davri Qrim urushida Turkiya qozongan gʻalabadan keyin boshlandi. 1856 y. 18 fevralda sulton Abdulmajid yangi T. toʻgʻrisida "xatti humoyun" eʼlon qilib, Turkiya sanoati va qishloq xoʻjaligi.ni Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari uchun ochiqligini bildirdi. Musulmon boʻlmagan xorijiy sarmoyadorlarga maʼlum huquqlar berildi. Bu qonunlar, bir tomondan, sultonlikda davlat boshqaruvi, sud va maʼmuriy ishlarni tartibga keltirdi. Turkiyada yangi adabiyot, sanʼat, ilmfan. maorif taraqqiy topa boshladi, milliy ziyolilar paydo boʻddi. Ular orasidan keyinchalik yangi usmonlilar deb ataluvchi konstitutsion monarxiya tarafdorlari va yosh turklar oʻsib chikdi. 2tomondan, Turkiyada xorij kapitali taʼsirining oshishiga, uning gʻarb davlatlariga astasekin qaram boʻlib qolishiga zamin tayyorladi. T. yangi sulton Abdulhamid II (hukmronlik davri: 1876—1909) tomonidan bekor qilindi va Turkiyada istibdod ("zulm") davri boshlandi.

Adabiyot[tahrir]

  • Miller A. F., Kratkaya istoriya Tursii, M., 1948; Novichev A. D., Tursiya. Kratkaya istoriya, M., 1965.

Qahramon Rajabov.