Tanzim ul Madaris Ahle Sunnat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tanzim ul Madaris Ahle Sunnat
Asos solingan 1960-yil
Oʻquv yurti turi Islom seminariyasi
Prezident Mufti Muneeb-ur-Rehman
Manzili Lohur, Pokiston
Vebsayti tanzeemulmadaris.com

Tanzeem ul Madaris yoki Tanzeem-ul-Madaris Ahl-e-Sunnat (Ahl e Sunnat Barelvi madrasalari tashkiloti) Pokiston boʻylab 15000 dan ortiq sunniy madrasalari (islom maktablari) bilan ishlaydigan taʼlim kengashidir[1][2]. Bu sunniy islomidagi Barelvi harakati bilan bogʻlangan mamlakatdagi asosiy seminariya kengashi hisoblanadi[3][4]. Jamiya Naimiya bosh muftiysi Munib-ar-Rahman kengash prezidenti sifatida foliyat olib boradi[5]. 2013-yilda imtihonda qatnashgan talabalarning umumiy soni 600 000 nafar boʻlgan[6]. Pokiston Oliy taʼlim komissiyasi Tanzeem ul Madarisga tegishli madrasalar tomonidan berilgan darajalarni tan oladi[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Tanzeem-ul-Madaris Ahl-e-Sunnat“ 1959-yilda Lahorda tuzilgan. Kengash tekshiruvi va sxemasi Pokistonning oʻgʻil va qizlar madrasalarini oʻzida qamrab oladi[7][8]. Kengash 2001-yildagi № XL qaroriga binoan HEC Islomobod Pokiston va Madrasa Taʼlim Kengashi (PMEB) bilan bogʻlangan[9]. Kengash, shuningdek, Ittehad-e-Tanzeemat-Madaris mamlakatda faoliyat yurituvchi boshqa harakatlarning beshta kengashidan iborat uyushmaning bir qismi hamdir[9]. Kengashning mafkurasi – vahobiylik taʼlimotining gʻoyaviy muxolifi boʻlgan Barelvilikka asoslanadi[10].

8-Ravi Park Ravi Road Lahor – Tanzeem ul Madarisning markaziy idorasi joylashgan manzildir. U oʻz sxemasi va oʻquv rejasiga muvofiq ravishda imtihon oʻtkazadi.

Online Islom xabarlariga koʻra, 15 000 ga yaqin madrasalar Tanzeem-ul-Madaris Ahl e Sunnat tomonidan boshqariladi[11]. Tahzibul Axbor diniy muassasalarning taʼlim xizmatlari haqidagi hisobotida Tanzimning Xayber-Paxtunvada 3000 ta va Hazorada 1000 ta muassasasi borligini taxmin qilgan[12].

Tanzeem-ul-Madarisning yakuniy darajasi Pokistondagi arab va islomshunoslik yoki magistr arabcha darajasiga tengdir. Avvalroq Federal ichki ishlar vaziri A.Rahmon Malik Tanzeem-ul-Madarisga boshqaruv maqomi berilishini talab qilgan edi[13]. Sunniy madoriylar oʻz madrasalarida Farangi Mahallik mulla Nizomuddin Sihalviy oʻqitgan oʻquv dasturini oʻrgatishgan[14].

Xodimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu tashkilot qoshida toʻrtta taʼlim tizimi faoliyat olib boradi[15]. Avvalroq Pokistonning Tanzeem-ul-Madaris rahbari boʻlgan Sarfraz Ahmad Naimi Tolibonga qarshi pozitsiyasi bilan tanilgan, shu sababli toliboniy xudkush hujumchi tomonidan oʻldirilgan.

Madrasa islohotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanzeemul-Madaris oʻz oʻquv dasturlariga oʻzgartirishlar kiritgan. Deobandiy Vafaq-ul-Madaris va Tanzeem-ul-Madaris Ahli Sunnat Milliy qoʻmitaning dini madaris taʼlimini rasmiy taʼlim tizimiga oʻxshash qilish boʻyicha tavsiyasini rad etishgan[16].

Maqsad va vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanzeem siyosiy va diniy tarzda faoliyat olib borishga ahd qilgan[17]. Rasmiy veb-saytda berilgan xabarlarga koʻra, maqsad va vazifalar sifatida quyida keltirilgan[15]:

  • Qur’on va Sunnat daʼvatini tushunadigan va amalda qoʻllaydigan avlodni etishtirish
  • Talabalarni anʼanaviy islom ilmlari bilan mustahkamlash
  • Islomga xizmat qiluvchi olimlarni yetishtirish
  • Ilohiy xabarni butun insoniyatga yetkazish
  • Haqiqiy Islomni ifodalash va musulmon ummatiga rahbarlik qilish
  • Islom uygʻonishiga turtki berish

Soʻnggi yillarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Tanzeem ul Madaris kufr multfilmlari masalasi boʻyicha IHTning favqulodda yigʻilishini chaqirgan[18]. 2020-yildagi Kovid pandemiyasi paytida Tanzeem ul Madaris bilan aloqador madrasalar Sinddagi minglab seminariyalarida dars berishni davom ettirgan[19]. Bundan tashqari, TM butun mamlakat boʻylab umumiy oʻquv dasturini amalga oshirishda Pokiston hukumatini qoʻllab-quvvatlagan[20], lekin FATF kun tartibidagi masjidlar va seminariyalarni tekshirishni rad etgan

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Preventing Terrorism from Students of Extremist Madrasahs: An Overview of Pakistanʼs Efforts By Asad Ullah Khan and Ifrah Waqar https://icct.nl/app/uploads/2020/12/Handbook-ch-10-Khan-and-Waqar-FINAL.pdf
  2. „Archived copy“. 2014-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.
  3. Mehmood, S., Ghaffar, A., & Murad, M. (2020). A Case Study on Pakistani Religious Institutions and their Policies Regarding Social Cohesion. Global Educational Studies Review, V(III), 191-198. https://doi.org/10.31703/gesr.2020(V-III).19
  4. Ali. „Rashid asked to stop seminary students from joining PDM rally“. DAWN.COM (2021-yil 14-yanvar).
  5. „President of Tanzeem-ul-Madaris Ahle-Sunnah, a religious seminarian...“. Getty Images.
  6. Intzar Hussain Butt, Sectarian Divisions of Pakistani Society: Role of Madrassa and Politics, January 2014 Middle East Journal of Scientific Research 19(2):196-201
  7. COUNTRY PAPER OF PAKISTAN PRESENTED IN ASIA PACIFIC INTERNATIONAL SEMINAR ON SPECIAL EDUCATION, 6 – 11 NOVEMBER 2005 IN JAPAN BY M. MAHMOOD HUSSAIN AWAN, Ph. D https://www.nise.go.jp/cms/resources/content/383/d-240_17.pdf
  8. Religions and Development Research Programme, Rethinking madrasa reform in Pakistan https://assets.publishing.service.gov.uk/media/57a08b71ed915d622c000ca7/Policy_Brief_1_2009.pdf
  9. 9,0 9,1 „Religious Education in Pakistan“. www.scholaro.com.
  10. Madrasa Education in the Pakistani context: Challenges, Reforms and Future Directions
  11. For Humayun Khan, it was another world when he got a laptop from the government of Punjab province in Pakistan in line with a scheme aimed at providing better technology and research facilities to the students.
  12. The educational services of Deeni Madaris Affiliated with Tanzeem ul Madaris ahl e Sunnat(Pakistan): A case study of Hazara region, Tahdhibalafkar July, Dec 2016 9) http://tahdhibalafkar.com/Downloads/Issue%2006/Urdu/8_The%20educational%20services%20of%20Deeni%20Madaris.pdf
  13. „Tanzeem-ul-Madaris to be awarded status of Board: Rehman Malik. - Free Online Library“. www.thefreelibrary.com.
  14. Surriya Shahab, Madrassah Education and Militancy: Reality and Assumptions, Journal of Historical Studies Vol. VI. No. II (Jul-Dec 2020) PP 192-211 https://jhs.bzu.edu.pk/upload/vol%20II-%2020_12%20Article.pdf_32.pdf
  15. 15,0 15,1 „تنظیم المدارس اہل سنت پاکستان“. tanzeemulmadaris.com. „تنظیم المدارس اہل سنت پاکستان“. tanzeemulmadaris.com.
  16. Evaluating Public Policy within a Framework: The Case of Madrassa Reforms in General Zia Era (1977-1988) Maryam Siddiqa, Husnul Amin
  17. Religious Education and Identity Formation: A Case Study of Pakistan 75 Azad Ahmad Khan, South Asian Journal of Diplomacy 2014 K. P.S.MENON CHAIR FOR DIPLOMATIC STUDIES http://kmseethi.com/wp-content/uploads/2018/05/South-Asian-Journal-of-Diplomacy-Vol.5-2014.pdf#page=77
  18. „Military Flair Up Between India and Pakistan See Both Sides Blaming One Another“. Paktribune.
  19. „Many seminaries reluctant to shut down despite Sindh govt's order“. www.thenews.com.pk.
  20. Nayyar. „DISSECTING THE SINGLE NATIONAL CURRICULUM“. DAWN.COM (2020-yil 31-iyul).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]