Tanosux

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tanosux alarvohdan yoʻnaltirildi)

Tanosux, tanosux alarvoh (arab.) — ruhning koʻchib yurishi haqidagi diniy taʼlimot. T. haqidagi tasavvurlar juda qadimdan maʼlum boʻlgan. Oʻlganlarning ruhi (joni) yangi tugʻilgan insonlarda, hatto qayvon va oʻsimliklarda qayta mujassamlanishi haqidagi tasavvurlar diniy eʼtiqodning ilk shakllari (animizm) bilan boglik ravihsa vujudga kelgan. U baʼzan qad. diniy va falsafiy taʼlimotlarda (mas., Yunonistonda metempsixoz nomi bilan, brahmanizm va hinduiylikda sansara nomi bilan) keng tarqalgan. Anʼanaviy islom iloxiyoti T. ni rad etadi, lekin undan oʻta yiroklashgan ayrim firqalar (mas., ismoiliylarnint baʼzi shoxobchalari)da T. qisman eʼtirof etilgan.