Tan-tanlik Venera
Tan-tanlik Venera — uzunligi 58 mm boʻlgan antropomorfik kvartsitli haykalcha. Nemis ekspeditsiyasi 1999-yilda Marokashning Tan-Tan shahridan janubdagi Dra daryosi tekisligida oʻtkazgan qazilma ishlari chogʻida topilgan[1].
Farazlardan biriga koʻra, Berehat Ramalik (1981-yildan beri maʼlum) Venera bilan birgalikda eng qadimgi (500-300 ming yil oldin) „Paleolit davri veneralari“ namunasi hisoblanadi. Shuning uchun ham fanga maʼlum boʻlgan eng qadimgi badiiy ijod yodgorligidir. Ushbu topilmani faqat antropomorfik, ayniqsa paleolit davridagi Venera sifatida talqin qilish juda qiyin muammo.
Artefaktni tayyorlash usuli va undan foydalanish xususiyati arxeologlar oʻrtasida bahslarga sabab boʻladi. Oʻta qoʻpol ishlov berilganligi, umumlashtirilgan shakllar, yuzning yoʻqligi baʼzi olimlarning fikricha, tabiiy taʼsirlar (eroziya, shamolda yemirilish) natijasida paydo boʻlgan va antropomorfik koʻrinishga kelgan[2].
Haykalchaning sunʼiy kelib chiqishi nazariyasi tarafdorlari esa (ehtimol soʻnggi davrlar) oxro qoplamasi izlariga ishora qilishadi. Bu esa proto-inson bu haykalga ramziy (ehtimol, kult) maʼno berganligini koʻrsatadi. Zamonaviy odam (Homo sapiens) taxminan 200-150 ming yil oldin paydo boʻlgani taxmin qilinadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „В. И. Искрин. Санкт-Петербургский университет, № 3 (3770), 5 марта 2008 года.“. 2015-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-dekabr.
- ↑ „Howcomyoucom.com 'Oldest sculpture' found in Morocco“. 2013-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-dekabr.