Tamgʻachxon madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tamgʻachxon madrasasi
Eski nomlari Qusamiya madrasasi
Hazrati Shohizinda madrasasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Saqlanib qolmagan
Turi Madrasa
Shahar Samarqand
Qurilishi tugagan 1066-yil
Texnik holati
Qavatlar soni 2
Map
Tamgʻachxon madrasasining oʻrni xaritada

Tamgʻachxon madrasasi — eng mashhur va qadimiy Samarqand madrasasi. Tamgʻachxon (1040–1070) homiyligida 1066-yilda qurib bitkazilgan.

Nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasaning nomlari manbalarda „Tamgʻachxon“ („Tabgʻachxon“), „Qusamiya“, „Hazrati Shohizinda“ madrasasi nomlari bilan keladi. Bu uchta nomi shuhratli, el orasida keng tarqalgan. Uning asl tarixiy atalishi „Tamgʻachxon madrasasi“dir. Qusamiya va Tabgʻachxon madrasalari alohida oʻquv dargohlari, degan qarashlar ham bor. A. K. Jumanazar tadqiqotlari natijasida ular bir nechta nomdagi bitta oliy oʻquv yurti ekanligi aniqlangan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy oʻquv dargohi Qoraxoniylar turkiy sulolasining Turondagi ilk vakili, hukmdor Tamgʻachxon (1040—1070) donatorligida 1066-yilda qurib bitkazilgan.

Vaqf hujjati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa pastki va ustki — 2 qavatdan iborat 26 hujrali imorat boʻlgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Jumanazar 2021, s. 379—395.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitoblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jumanazar A. K. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti, 2021 — 520 bet. ISBN 978-9943-6804-9-4. 

Maqolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]