Kontent qismiga oʻtish

Talʼat Soatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Talʼat Soatov (1940L5.2, Toshkent) — biokimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1996). Biologiya fanlari doktori (1974), professor (1984). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1962). Oʻzbekiston Oʻlka tibbiyot institutida aspirant (1962—65), kichik ilmiy xodim (196667), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Biokimyo institutida katta ilmiy xodim (1967— 75), laboratoriya mudiri (1975-yildan), direktor (1979-yildan). Asosiy ilmiy ishlari qalqonsimon bez proteinlari, membrana lipidlari biokimyosi, shuningdek, liposomalar, ularning hujayra bilan oʻzaro taʼsirini oʻrganishga oid. S. qalqonsimon bez tarkibidan yod saklovchi tireoglobulin va tireoalbumin oqsillarini sof hodda ajratib oldi, ularning tarkibi, fizikkimyoviy xossalarini oʻrgandi, buqoq paydo boʻlishining genetik nosozliklar bilan bogʻlikligi haqidagi gipotezani ilgari surdi, organizmning insulinga sezgirligini aniklash usulini ishlab chiqdi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).

  • Yodproteini shitovidnoy jelezi (v soavtorstve), T., 1974; Siklicheskiye nukleotidi i regulyasiya kletochnogo metabolizma (v soavtorstve), T., 1983; Biosintez va funksionalnaya rol lipoproteidov krovi (v soavtorstve), T., 1987.