Takashi Uchiyama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Takashi Uchiyama — bokschi (10-noyabr 1979-yilda tugʻilgan). U Yapon sobiq professional bokschisi boʻlib, 2006-2016-yillarda JBA (super) super-featherweightb unvoniga ega boʻlgan. 2010 va 2016-yillar davomida professional boksda faol natijalar koʻrsatgan sportchidir.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Nagasaki prefekturasida tugʻilgan, Saitamaning Kasukabe shahrida ulgʻaygan, ayni damda Tokioda yashaydi.

Boks faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchiyama havaskorlar rekordini 91-22 (59 KO) hisob bilan, shu jumladan toʻrtta yengil vazn toifasida gʻalaba qozongan yutuqlarini tuzgan edi. U 2005-yilda professionalga aylanishga ulgiradi va 16-iyulda birinchi raundda nokaut bilan debyut qiladi. 2007-yil 8-sentyabrda Uchiyama superogʻir vazn toifasida OPBF unvonini qoʻlga kiritadi, keyin oʻsha unvonini besh marta himoya qiladi. U Yaponiyada KO Dynamite[1](Knockout Dynamite) nomli laqabi bilan tanilgan.

Superogʻir vazn toifasida WBA chempioni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchiyama 2010-yil 11-yanvarda Tokiodagi Big Sight musobaqasida meksikalik Juan Carlos Salgadoning birinchi chempionlik unvonini himoya qilishda o‘n ikkinchi raundda texnik nokaut bilan WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi[2][3].

2010-yil 17-may kuni u Saitama Super Arenadagi birinchi himoyasi uchun venesuelalik Anxel Granadosni oltinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi[4].

Dastlabki roundlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil 31-dekabrda Uchiyama qatorasiga o‘n birinchi marta chempionlik uchun kurash olib borishi kerak edi. Uchiyama dastlabki raundlarda uslubiy kurash olib bordi va raqibiga yirik zarbalar berishga muvaffaq boʻldi. U musobaqaning uchinchi raundida shiddatli zarba bilan yakunladi va oʻn birinchi marta superogʻir vazndagi WBA kamarini saqlab qoldi[5].

Tajavuskor jang[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 27-aprelida Uchiyama 24 yoshli Jezreel Corralez bilan jang qildi. Corralez ochilish qoʻngʻirogʻidan boshlab ringda tajovuzkor boʻldi va Uchiyamani atigi ikki raundda uch marta tushirib yubordi. Oxirgi nokdaun paytida hakam yetarlicha koʻrgan deb qaror qiladi va jangni darhol toʻxtatdi[6].

2016-yilning 3-oktyabrida Corralezga qarshi revansh jangi uchun shartnoma imzolangani maʼlum boʻldi[7].

Revansh jangi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Revansh jangi ularning birinchi oʻyinidan juda farqli jang boʻldi. Bu koʻproq taktik jang edi, unda Uchiyama hatto beshinchi raundda Corralezni tashlab yuborishga muvaffaq boʻldi. Biroq, Corralez yana gʻalaba qozondi, ikki hakam uni gʻalaba bilan taqdirladi, jangni 117-110 va 115-112 oʻz foydasiga baholadi, uchinchi hakam esa Uchiyamani gʻolib deb koʻrdi va jangni 114-113 hisobida yakunladi[8][9].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • WBA boʻyicha jahon chempionlari roʻyxati;
  • Superogʻir vazn toifasida boks boʻyicha chempionlar roʻyxati;
  • Yaponiyalik boks boʻyicha jahon chempionlari roʻyxati;
  • Yaponiyada boks.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ワタナベボクシングジム — 内山高志 (in Japanese). Watanabe boxing gym official website. February 1, 2010. Archived from the original on January 14, 2010. Retrieved May 19, 2010.
  2. Joe Koizumi. „Full Report: Uchiyama-Salgado“. Fightnews.com (2010-yil 11-yanvar). 2010-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-yanvar.
  3. Kyodo News. „Uchiyama claims belt at first time of asking“. The Japan Times (2010-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 12-yanvar.
  4. Sapa-AP. „Uchiyama retains his belt“. Times LIVE (2010-yil 18-may). Qaraldi: 2010-yil 19-may.
  5. „Uchiyama Stops Flores In Three; Walters Clash Eyed For Spring“ (en-us). BoxingScene.com. Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  6. „Corrales Knocks Out Uchiyama In Two Rounds For 130-Pound Crown“ (en-us). BoxingScene.com. Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  7. „Jezreel Corrales-Takashi Uchiyama Rematch Signed, Dec. 31“ (en-us). BoxingScene.com. Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  8. „Corrales vs Uchiyama - News, Tape, Ringwalk, TV, Streaming & Tickets“ (en). Box.Live. Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  9. „Corrales Beats Uchiyama Again, This Time By Split Decision“ (en-us). BoxingScene.com. Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]