Tailand banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tailand banki
ธนาคารแห่งประเทศไทย
Siam Devadhiraj haykali, qoʻlida pul sumkasi va ilon tutgan Tailand qoʻriqchi xudosi
Siam Devadhiraj haykali, qoʻlida pul sumkasi va ilon tutgan Tailand qoʻriqchi xudosi
Bosh qarorgohi Bangkok shahri Phra Nakhon tumani
Koordinatalari 13°46′08″N 100°30′03″E / 13.7689°N 100.5009°E / 13.7689; 100.5009 G O
Tashkil etilgan yili 1942-yil 28-aprel (huquqiy jihatdan)
1942-yil 10-dekabr (faoliyatini boshlagan)
Mulkchilik shakli 100% Davlat mulki
Gubernator Sethaput Suthivartnarueput
Markaziy banki Tailand bayrogʻi Tailand
Valyutasi Bat
Oltin-valyuta zaxiralari $258.104 mlrd (2020)[1]
Veb sayti Rasmiy sayti

Tailand banki (Qisqartmasi: ธปท.; taycha: ธนาคารแห่งประเทศไทย, transkripsiyasi: thanakhan haeng prathet thai) — Tailandning markaziy banki hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1851-yil Tailandda Gʻaznachilik banknotlari chiqarila boshlandi. 19-asr oxirida Bangkokdagi xususiy banklar, xususan Hindixitoy banki, Hindiston Ustuvor banki, Avstraliya va Xitoy banki, Hong Kong va Shanxay bank korporatsiyasi banknotlar emissiya qila boshladi.

1939-yilda Moliya vazirligining boʻlimi sifatida Tailand Milliy bank byurosi tashkil etildi va 1940-yil 24-iyunda oʻz faoliyatini boshladi. 1942-yil 28-aprelda byuro negizida Siam davlat banki tashkil etildi. Bank oʻz faoliyatini 1942-yil 10-dekabrda boshlagan[2]. Siam davlat banki tashkil etilgan sanada Tailand Banki toʻgʻrisidagi qonun eʼlon qilindi, unga koʻra barcha markaziy bank funksiyalari uchun javobgarlik Tailand bankiga yuklangan.

Tailand banki toʻgʻrisidagi qonun, BE 2485 keyinchalik uning ijtimoiy masʼuliyatiga urgʻu berish, iqtisodiy inqirozdan himoya qilish mexanizmini yaratish, shuningdek, tashkilotda yaxshi boshqaruv va shaffoflikni taʼminlash uchun qaror qabul qilish jarayonini yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻzgartirildi. Tailand banki toʻgʻrisidagi qonun, BE 2551 2008-yil 4-martda kuchga kirdi.

1949-yilda Siam davlat banki nomi Tailand banki deb oʻzgartirildi[3].

Roli va masʼuliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bangkokdagi Bang Khun Phrom saroyi

Tailand bankining vazifasi mamlakat aholisining turmush darajasini doimiy ravishda yaxshilash maqsadida barqaror iqtisodiy oʻsish uchun barqaror moliyaviy muhitni taʼminlashdan iborat[4].

Gubernatorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tailand banki gubernatori[5] ketma-ket ikki muddatdan koʻp boʻlmagan besh yillik muddatga tayinlanadi. Moliya vaziri Tay hukumatiga gubernatorlikka nomzodni tavsiya qiladi. Vazirlar Mahkamasi nomzodni maʼqul deb topsa, u monarxga nomzodni tasdiqlash uchun taqdim etadi.

Gubernatorlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Ism Lavozimga tayinlanish muddati Lavozimdan ketish sanasi
1 Shahzoda Vivadhanajaya 1942-yil 27-noyabr 1946-yil 16-oktabr
2 Serm Vinichayakul 1946-yil 17-oktabr 1947-yil 24-noyabr
3 Leng Srisomvongse 1947-yil 25-noyabr 1948-yil 2-sentabr
1 (2) Shahzoda Vivadhanajaya 1948-yil 3-sentabr 1948-yil 2-dekabr
3 (2) Leng Srisomvongse 1948-yil 3-dekabr 1949-yil 3-avgust
4 Dej Snidvongs 1949-yil 4-avgust 1952-yil 29-fevral
2 (2) Serm Vinichayakul 1952-yil 1-mart 1955-yil 24-iyul
5 Kasem Sriphayak 1955-yil 25-iyul 1958-yil 23-iyul
6 Jote Guna-Kasem 1958-yil 24-iyul 1959-yil 3-may
7 Puey Ungphakorn 1959-yil 11-iyun 1971-yil 15-avgust
8 Bisudhi Nimmanhaemin 1971-yil 16-avgust 1975-yil 23-may
9 Snoh Unakul 1975-yil 24-may 1979-yil 31-oktabr
10 Nukul Prachuabmoh 1979-yil 1-noyabr 1984-yil 13-sentabr
11 Kamchorn Sathirakul 1984-yil 14-sentabr 1990-yil 5-mart
12 Chavalit Tanachanan 1990-yil 6-mart 1990-yil 30-sentabr
13 Vijit Supinit 1990-yil 1-oktabr 1996-yil 1-iyul
14 Rerngchai Marakanond 1996-yil 13-iyul 1997-yil 28-iyul
15 Chaivat Vibunsavat 1997-yil 31-iyul 1998-yil 4-may
16 MR Chatumongol Sonakul 1998-yil 7-may 2001-yil 30-may
17 MR Pridiyatorn Devakula 2001-yil 31-may 2006-yil 6-oktabr
18 Tarisa Vatanagase 2006-yil 8-noyabr 2010-yil 30-sentabr
19 Prasarn Trairatvorakul 2010-yil 1-oktabr 2015-yil 30-sentabr
20 Virathai Santiprabhob 2015-yil 1-oktabr 2020-yil 30-sentabr
21 Sethaput Suthivartnarueput 2020-yil 1-oktabr hozirga qadar

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Total reserves (includes gold, current US$) - Thailand“. World Bank. Qaraldi: 4-iyul 2021-yil.
  2. „History of the Bank of Thailand“. Bank of Thailand. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2021-yil.
  3. Бутаков 1987.
  4. „Roles and Responsibilities of the Bank of Thailand“. Bank of Thailand (BOT). Bank of Thailand (BOT). 2019-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2021-yil.
  5. „List of Governors of the Bank of Thailand“. Bank of Thailand. 2021-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]