Tahririy tahlil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tahrir-ozod qilish; tuzatish, muharrirlik qilish; yozish, asar yozish. Yozma ishni, asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish.

Tahlil-yozish; tekshirish, surishtirish; hal qilish, ochish. Narsa, hodisa va shu kabilarni mohiyat, qonuniyat va boshqa jihatlardan tekshirish, oʻrganish ishi.

Tahririy tahlil-tahrirlash texnikasining asosiy tarkibiy qismidir. Ushbu komponent jurnalistik matnlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tahrirlash jarayonidan avval boʻlishi kerak. Muallifning asl nusxasini taqdimot mantigʻi, tuzilishi, mazmuni, tili, muammolar darajasi nuqtai nazaridan har tomonlama baholash tahrir jarayonida amalga oshiriladi. Bunda, asosan, muallifning istagi, funksionalligi, kelajakda nashr etish imkoniyatlari, uning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va samaradorligi hisobga olinadi.

A.E.Milchinning fikriga ko‘ra, tahririy tahlil „muharrir tomonidan amalga oshiriladigan prognostik jarayon bo‘lib, uning maqsadi nashrga tavsiya etilgan ishni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqib, uning o‘quvchiga qanday taʼsir qilishini toʻliq, batafsil o‘rganishdir“[1].

Tahririy tahlil quyidagilarga qaratilgan:

a) jurnalistik matnni umumiy baholash;

b) asarni maʼlum bir nashrning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash;

d) jurnalistik matn mo‘ljallangan auditoriya ko‘lamini aniqlash;

e) ishning kuchli va zaif tomonlarini tavsiflash;

f) ishning tuzilishi va mazmunini, muallifning va nashriyotning istaklariga muvofiq ravishda yaxshilash uchun muharrirning matn muallifi bilan ishlash tartibi va hajmini belgilash.

Tahririy tahlil tuzilmasining asosiy tarkibiy qismi va uning birinchi bosqichi, bu matnni o‘qib o‘rganishdir. V.I.Alekseevning fikricha, matn tahriridagi o‘qish uch marotabadan kam bo‘lmasligi lozim. Bu matnni o‘qiyotgan tahrirchiga matn bilan tanishish, chuqur o‘qib o‘rganish va uni mufassal sayqallash imkoniyatini beradi[2].

Shuningdek, tadqiqotchi A.E.Milchin professional, koʻz yugurturib chiqish, tanlab oʻqish, vertikal, tahlil asosida o‘qish, baholov asosidagi o‘qish kabi ko‘rsatkichlarni ajratib bergan[3]. Matn bilan tanishib chiqishda muharrir, asosan, matnning o‘quvchiga bo‘lgan taʼsiri va uning vazifalarini aniqlab oladi. Tahririyat bosqichi matnning katta tarkibiy qismlarini tanlash va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Tahririyat tahlili muammolariga bagʻishlangan ilmiy manbalarni tahlil qilish ushbu ishda o‘rganilgan tahlillar tizimini tashkil etuvchi muharrirning kasbiy harakatlar ro‘yxatini aniqlashga imkon beradi.

Jurnalistik matnni tahririy tahlil qilish tizimi quyida berilgan aniq harakatlar ketma-ketligini o‘z ichiga oladi:

  1. tarkibni tahlil qilish;
  2. tuzilmani tahlil qilish;
  3. til va uslubni tahlil qilish;
  4. alohida tarkibiy bo‘linmalar uchun matnni yaxlit tanlab tahlil qilish.

Ushbu tizimli harakatlar ketma-ketligi amalga oshirilgandan soʻng, jurnalistik ishning tahririy tahlili tahririyat xulosasini yaratish bilan yakunlanadi. Unda asl muallif matnining afzalliklari va kamchiliklari obyektiv baholanadi, shuningdek, ish bilan bogʻliq keyingi bosqichni amalga oshirish bo‘yicha aniq taklif ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.

Ushbu tadqiqot doirasida tahririy tahlil tahririyat faoliyat metodologiyasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Jurnalist ijodiy asarini tahririy tahlil qilish zarurati matn bilan yanada samarali ishlashning muhim shartlaridan biridir. Shu bilan birga, tahririy tahlilni amalga oshirish amaliyoti bosh muharrirga jurnalistik ishlar bilan ishlashda kasbiy qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkon beradi.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alekseev V.I. Redaktorskiy analiz: uchebnoe posobie dlya spesialnosti 2027 — „Jurnalistika“. M.: Min-vo vissh. i srednego spes. obrazovaniya RSFSR. Mosk. poligraf. in-t, 1978.-48 s
  2. Milchin A.E. Izdatelskiy slovar-spravochnik. — M.: Yurist, 1998. — 472 s.
  3. Milchin A.E. Metodika redaktirovaniya teksta: uchebnik. 3-e izd., pererab. i dop. — M.: Logos, 2005. — 528 s.
  4. Teshabaeva D.M. va boshq., Jurnalistika: Medialingvistika va tahrir. — T.: Oʻzbekiston, 2019. −503 s.