Kontent qismiga oʻtish

Tahrirchi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tahrirchi – oʻzbek tilidagi matnlar uchun aqlli klaviatura ilovasi[1]. Bu dastur oʻzbek tilida tez va toʻgʻri yozishni osonlashtirish uchun yaratilgan boʻlib, xatolarni avtomatik toʻgʻrilash va soʻzlarni tugallab berish imkoniyatini taqdim etadi. Ilova Inha universiteti[2] talabalari tomonidan ishlab chiqilgan va Android operatsion tizimi uchun moʻljallangan. Mazkur dastur AKT vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan tashkil etilgan „mGovAward“ tanlovida ishtirok etib, birinchi oʻrinni egallagan va 50 ming dollar miqdoridagi mukofot bilan taqdirlangan[3]. „Tahrirchi“ ilovasi Kotlin dasturlash tilida yozilgan.