Tabiat komponentlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tabiat Komponentlaridan yoʻnaltirildi)

Tabiat komponentlari - tabiatni hosil qiluvchi asosiy tarkibiy qismlar, yaʼni togʻ jinslari, relyef, yer usti va osti suvlari, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, havo massalari. Bular landshaft komponentlari deb ham yuritiladi. Tabiat komponentlarining oʻzaro nisbatiga karab landshaftlar xilmaxil boʻladi. Tabiat komponentlarining nisbati oʻzgarsa, landshaft ham oʻzgaradi. Shu sababli, tabiatni oʻzgartirish maqsadida unga taʼsir koʻrsatilsa, yaʼni suv omborlari va toʻgʻonlar qurish, botqoqliklarni quritish va daraxtlarni kesish kabi faoliyatlar natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni hisobga olish zarur.