Suvorov Aleksandr Vasilyevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suvorov Aleksandr Vasilyevich (1729.13.11, Moskva 1800.6.5, Peterburg) — rus sarkardasi, generalissimus (1799). Dvoryan oilasida tugilgan. Otasi — Vasiliy Ivanovich (1705—75) general, senator va generalgubernator l boʻlgan. Harbiy xizmatni kaprallikdan boshlagan (1748). 1774 y. avg .da u Ye. I. Pugachyov boshchiligidagi qoʻzgʻolonni bostirish uchun Uralga yuborilgan. Yetti yiyalik urush qatnashchisi, rus turk urushlari (1768 —74 va 1787—91) da bir necha gʻalabaga erishgan va Izmail qalʼasini qattiq hujum bilan egallagan (1790). Polsha qoʻzgʻoloni (1794)ni bostirgan qoʻshinlarga qoʻmondonlik qilgan. Pavel I taxtga chiqqandan soʻng armiyada S. nazariyasiga zid boʻlgan pruss harbiy ustavlari, formasi va tartibi joriy qilingan. 1797Y. S. isteʼfoga chiqarilgan. 1798 y. Rossiya fransuzlarga qarshi ittifoqqa qoʻshiladi. Avstriya hukumati Pavel I oldiga S.ni Italiyadagi ittifoqchi qoʻshinlarga bosh qoʻmondon etib tayinlash masalasini qoʻyadi. Pavel I noiloj rozi boʻladi. 1799 yilda Adda va Trebbiya daryolari boʻyida va Novi sh. yaqinida fransuz qoʻshinlarini tormor keltirib, Italiya va Shveysariyaga qilingan harbiy yurishlarni muvaffaqiyat bilan yakunlagan, soʻngra Shveysariya Alpidan oshib oʻtib, qurshovdan chiqib ketgan. S. "Polktuzish", "Gʻalaba ilmi" kabi harbiynazariy asarlar muallifi. Urush olib borish, jang qilish usullari, qoʻshinni tarbiyalash va oʻqitish masalalari haqida oʻz davriga nisbatan ancha original va ilgʻor fikrlar sistemasini yaratgan. S. strategiyasi hujumkor harakterda boʻlib, dushmanni jang maydonida butunlay tormor qilishni asosiy maqsad qilib koʻygan. Kolonnalar va yoyiq saf taktikasini rivojlantirgan, aqidaparastlik va eskilikka qarshi kurashgan. Sobiq SSSRda 1942 y. 29 iyulda Suvorov ordeni taʼsis etilgan va 1943 y. 21 avg .da Suvorov bilim yurtlari tashkil etilgan. Moskva, Sankt-Peterburg , Ochakov, Izmail, Kiyev va boshqa shaharlarda muzeylar ochilgan va haykallari oʻrnatilgan. Bir qancha aholi punktlari S. nomi bilan atalgan.