Odil Sunnatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sunnatov Odildan yoʻnaltirildi)

Odil Sunnatov (1951.27.4, Kattaqoʻrgʻon shahri) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1973). 1975-yildan Kattaqoʻrgʻon shahri 1madaniyat uyida dirijyor, boʻlim boshligʻi, badiiy rahbar, 1984-yildan 14maktabda, 1988-yildan 16maktabda musiqa taʼlimi fani oʻqituvchisi. Musiqa maktabi bilan hamkorlikda maktab oʻquvchilari ishtirokida oʻzbek xalq sozlari boʻyicha guruh tashkil etgan; guruh qatnashchilari Respublika "sanʼat bayrami" koʻrik tanlovlarida diplomlar bilan mukofotlangan.