Sundanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sundlardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sundanlar, sundlar (oʻzlarini sunda deb atashadi) — Indoneziyadagi xalq. Asosan, Yava o.ning gʻarbiy qismida yashaydi. 24,5 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari). Sundan tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar, anʼanaviy eʼtiqodlar ham saqlangan. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik (ayniqsa, toʻqimachilik) bilan shugʻullanadi, bir qismi sanoatda band. S. tarkibiga xoʻjalik va madaniyatning arxaik belgilarini sakdab qolgan baduy etn. guruhi ham kiradi.