Sunʼiy qon aylanish apparati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sunʼiy yurakoʻpka apparatidan yoʻnaltirildi)

Suniy qon aylanish suniy o‘pka gemodialis aparatlari Sun'iy yurak oʻpka apparati — bemor organizmida yoki donorning ajratib olingan aʼzosida qon bir tekis aylanishini va bir meʼyorda moddalar almashinuvini taʼminlaydigan apparat. Yurak va oʻpka vazifasini vaqtinchalik oʻtashga moʻljallangan. Birinchi Sunʼiy qon aylanish apparatia.a. avtojektor 1925-yilda rus fiziologi S.S. Bryuxonenko tomonidan yaratilgan. Keyinchalik shu apparat yordamida hayvonlarda koʻpgina yurak operatsiyalari oʻtkazildi. Sunʼiy qon aylanish apparatia.a. oʻzaro bogʻliq boʻlgan sistema va bloklar kompleksidan: "Sunʼiy yurak"—nasos, yuritkich, uzatkichdan iborat boʻlib, qonni hayotni taʼminlay oladigan hajmiy tezlikda oqadigan qilib haydaydi; oksigenator deb ataladigan "Sunʼiy oʻpka" — gaz almashinish qurilmasi boʻlib, qonni kislorod bilan toʻyintirish, karbonat angidrid gazini chiqarib yuborish va kislotaishqor muvozanatini normal saqlab turish uchun xizmat qiladi.

Hozirgi jahonda 100 dan ortiq tipdagi turli maqsadlarda ishlatiladigan Sunʼiy qon aylanish apparatia.a.lari yaratilgan. Xavfli oʻsmalar, yalligʻlanish jarayonlari va destruktiv shikastlarni kimyoviy moddalar bilan davolashda, yurakoʻpka faoliyati buzilganda yordamchi sunʼiy qon aylantirishda, klinik oʻlim holatidagi bemorni tiriltirishda, koʻchirib oʻtkazishga moʻljallangan aʼzolarni tirik saqlab turishda ishlatiladigan Sunʼiy qon aylanish apparatia.a. bor.