Sumatra jayrasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sumatra jayrasi (lotincha: Hystrix sumatrae) — jayralar oilasiga mansub kemiruvchilar turi. Sumatra jayrasi ilgari qoʻshni Borneo orolida topilgan, juda oʻxshash turdagi dagʻalignali jayra turi ichiga kiritilgan. Keyinroq turlar tana oʻlchami va ignasining diametridagi farqlarga qarab ajratilgan. Sumatra jayrasi dagʻalignali jayradan kichikroq va juda nozik ignalarga ega.

Tashqi koʻrinishi va tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nisbatan kichik hayvonlar. Tana uzunligi 45 dan 56 sm gacha, oʻrtacha qiymati 54 sm. Quyruqning uzunligi 2,5 dan 19 sm gacha, oʻrtacha 10 sm. Ogʻirligi 3,8-5,4 kg. Hayvonlar oʻtkir tekis ignalar, ichi boʻsh ignalar va dagʻal tuklar bilan qoplangan. Ignalari va tuklar uzunligi 16 sm gacha boʻlishi mumkin va yonoqlarda, qorinda va oyoqlarda kamroq yoki koʻproq egiluvchan boʻlishi mumkin. Ichi boʻsh ignalar quyrugʻida joylashgan. Ularning uchlarini ichi boʻsh boʻlib, dumi chayqalganda shaqildoqqa oʻxshab shaqillaydi. Bu ignalar faqat kattalarida uchraydi. Hayvonlar toʻq jigarrang rangga ega, ammo ularning orqa tarafi va tuklarining yarmining uchi oq ranga ega. Koʻpincha boʻyinning pastki qismida oq rangli dogʻlar mavjud. Sumatra jayralarining boshqa baʼzi bir kirpilar turi vakillari kabi toji yoʻq.

Yashash joyi va hayot tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ular Sumatra orolida dengiz sathidan 300 m balandlikda yashaydilar. Ular inlariga, qoya yoriqlariga va qulagan daraxtlar tagiga yashirinadilar. Ular oʻrmonlarda, tashlandiq va ekinzorlarda, toshloq choʻl yerlarda uchraydi. Ular daraxtlarga yomon tirmashishadi. Koʻpincha tungi, oʻtxoʻr  hayvonlardir. Sumatra jayralari yaxshi suzadi. Ular oʻz hududlarini anal bezlaridan ajralgan sekretsiya bilan ajratadilar. Bezovta boʻlganda, ular oyoqlarini urib, dumining ignalarini shaqillatadilar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]