Sugʻurta shifokori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sugʻurta shifokori (shuningdek, sugʻurta ekspert-shifokori, sugʻurtachining ishonchli-shifokori, hozirda sugʻurta vakili) — kasaba uyushmasi, tibbiyot yoki ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi yoki ularning manfaatlarini koʻzlovchi sugʻurta tashkiloti tomonidan yoʻllangan ishchi shifokor hisoblanadi [1] . Sugʻurta shifokori, qoidaga koʻra, tibbiyot tizimida ishlamaydi, u davolanishni tashkil etish va uning toʻgʻri oʻtkazilishini, tibbiyot koʻrsatmalari va xulosalarini nazorat qiluvchi tashqi ekspert sifatida xizmat qiladi.

Tarixi. Rossiya tibbiyotidagi sugʻurta shifokorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asrning 10-yillarida Rossiya imperiyasida sugʻurta kasalliklari kassalarining faol rivojlanishi munosabati bilan Rossiya imperiyasida sugʻurta shifokorlari instituti tashkil etilgan edi. Ammo u sovet hokimiyati davrida u tugatilib, keyinchalik 30-yillarda (boshqa manbalarga koʻra — 20-yillarning oʻrtalarida) qayta tiklangan [2]. Sugʻurta shifokorlari sovet sanoatining yirik korxonalarida faoliyat yuritishgan. Ular kasaba uyushmalari tomonidan ishchilarga tibbiy yordam koʻrsatishni nazorat qilish va profilaktika tadbirlarini oʻtkazishda (shu jumladan tibbiy koʻrikdan oʻtishda) yaqindan yordam koʻrsatishgan. Ularning faoliyati Ulugʻ Vatan urushi yillarida ham davom etgan . 1950-yillarning oxiriga kelib esa, sugʻurta shifokorlarining vazifalari ishonchli shifokorlarga topshirilgan .

Rossiyaning tibbiy sugʻurta tizimidagi shifokorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ekspert-shifokorlar tibbiy sugʻurta tizimida — majburiy va ixtiyoriy tarzda — XX asrning 90-yillarida joriy etilganidan soʻng paydo boʻlgan. Bunday shifokorlarning lavozimi, vazifasi, vakolatlari va ish joylari tez-tez oʻzgarib turgananiga qaramay, ikkita asosiy narsa oʻzgarishsiz qolgan:

  1. Ushbu shifokorlar tibbiy muassasalarda emas, balki tibbiy sugʻurta tashkilotlarida faoliyat yuritishgan (MTSFF, tibbiyot sugʻurta tashkiloti yoki sugʻurta kompaniyasi);
  2. Bunday shifokorlarning shaxsan oʻzlari tibbiy yordam koʻrsatmay, tibbiy muassasalar tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning keng koʻlamli parametrlarini (toʻgʻriligi, oʻz vaqtidaligi, toʻliqligi, narxi va boshqalar) nazorat qilishgan.) .

2018-yildan boshlab Rossiyaning majburiy tibbiy sugʻurta tizimida sugʻurta vakillari — bemorlar bilan bevosita aloqada boʻlgan va ularga tibbiy yordam olish masalalarini hal qilishda yordam beradigan (shu jumladan davolanish vaqtida va undan keyin tibbiy xizmatlar sifatini baholash) tibbiy sugʻurta tashkilotlari xodimlari joriy etilgan. Bunday sugʻurta vakillari hal etilishi kerak boʻlgan vazifalarning malakasi va murakkabligiga koʻra uch darajaga boʻlingan. Ikkinchi (maslahatchilar) va uchinchi (ekspertlar) daraja vakillari oliy tibbiy maʼlumotga ega boʻlishi kerak .

Madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Sug‘urta shifokori — „Oh, kampirni qanday qilib joylasak boʻladi!“ pyesasining qahramonlaridan biri (asl nomi — „Qadrli Pamela“, J. Patrik)

• „Sugʻurta kassasi shifokori“ filmi sugʻurta shifokorlarining ishiga bagʻishlangan (boshqa nomi — „Muvaffaqiyat kaliti“)

Foydalanilgan adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Попов, Александр Петрович. Страховой врач. Москва: Вопросы труда, 1929. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ефимов С.Л. „Врач доверенный страховщика“,. Экономика и страхование: Энциклопедический словарь. Москва: Церих-ПЭЛ, 1996. ISBN 5-87811-016-4. 
  2. Т.П. Сизых „Воспоминания. Отклик страхового врача о скорой помощи в Красноярске“,. Ровесница лихого века. Красноярск: ПИК Офсет, 2015. ISBN 978-5-906101-32-7. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Straxovoy vrach // Bolshaya sovetskaya ensiklopediya. — M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1969—1978. — (Bolshaya sovetskaya ensiklopediya : [v 30 t.] / gl. red. A. M. Proxorov ; 1969—1978).