Sudochye davlat ornitologiya buyurtma qoʻriqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sudochye davlat ornitologiya buyurtma qoʻriqxonasi - Amudare deltasi biologik majmuini, koʻchmanchi qushlar qoʻnib oʻtadigan, ular bola ochadigan joylarni koʻriklash maqsadida 1991 yilda tashkil etilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida, Sudochye koʻli va uning sorili atroflarida joylashgan. Maydoni 50 ming ga. Uning gʻarbiy chegarasi Ustyurt chinki buylab, sharqiy, jan. chegaralari koʻlning qirgʻoq chetlari boʻylab oʻtgan. Koʻlda koʻplab suzadigan va suv boʻyi qushlari dam oladi, koʻpayadi. Bu yerda oqqushlar, kolpitsalar, qoravoylar (Qizil kitobga kiritilgan) va boshqa turdagi qushlar, shuningdek, ovlanadigan ondatralar yashaydi. Qoʻriqxona xalqaro ahamiyatga ega, koʻl suvbotqoq havzalarini muhofaza qilish boʻyicha Ramsar konvensiyey roʻyxatiga kiritilgan. Koʻlning oʻrtacha chuq. 1,5 m, qalin oʻsgan suv oʻsimliklari yovvoyi hayvonlar uchun ozuqa bazasi hisoblanadi.

Buyurtma hududda qushlarni oʻrganish boʻyicha ilmiy ishlar olib boriladi, har yili qushlar sonini hisobga olish ishlari bajariladi, ondatra ovlanadi.