Subʼyektiv huquq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Subʼyektiv huquq - muayyan (jismoniy yoki yuridik) shaxsning konkret huquqi. Mac, xususiy mulk egasi oʻz mulkiga ega boʻlishi, undan foydalanishi va unga xoʻjayinlik qilishi hamda oʻz huquqini boshqa shaxslardan poymol qilmasliklarini talab etishi mumkin. Subʼyektiv huquq egasi zarur hollarda oʻz huquqini amalga oshirish va himoya qilish uchun davlat yordamidan foydalana oladi (mas, sudga murojaat qilishi mumkin). Himoya shakliga koʻra, Subʼyektiv huquq mutlaq va nisbiy Subʼyektiv huquqlarga boʻlinadi. Mutlaq Subʼyektiv huquqda Subʼyektiv huquq egasi nomaʼlum keng shaxslar guruhidan muayyan harakatni qilishni yoki qilmaslikni talab etishi mumkin. Nisbiy Subʼyektiv huquqda S.gʻ. egasining talabi faqat konkret shaxs yoki shaxslar guruhiga qaratilgan boʻladi (mas, kreditorning qarzdorga nisbatan boʻladigan munosabatdagi huquqi).