Kontent qismiga oʻtish

Stratonavtlar yodgorligi, Saransk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qahramon-stratonavtlar Pavel Fedoseyenko ― Andrey Vasenko va Ilya Usiskinlarga bagʻishlangan haykal — 1963-yil 30-yanvarda Saransk shahrida temir yoʻl vokzali oldidagi maydonda oʻrnatilgan.

1934-yil yanvar oyida Pavel Fedoseyenko, Andrey Vasenko va Ilya Usiskin „Osoaviaxim-1“ stratostatida 22 km balandlikka koʻtarilishgan. Stratostat parvoz ishtirokchilaridan biri A.Vasenko tomonidan ishlab chiqilgan.. Stratostatning tushishi vaqtida avariya yuz berib, u Mordoviya janubidagi Potij-Ostrog qishlogʻi yaqinida qulab tushgan[1] va parvoz ishtirokchilari halok boʻlishgan.

Dastlab, yodgorlik stratostat qulagan joyda oʻrnatilishi rejalashtirilgan, keyin uni Mordoviya poytaxti — Saranskda oʻrnatishga qaror qilingan. Yodgorlikning birinchi loyihasini amalga oshirishga Ulug 'Vatan urushi toʻsqinlik qilgan, faqat 1957-yildagina yana Butunittifoq loyihalar tanlovi eʼlon qilingan[1].

Yodgorlik quyuq kulrang labradorit bilan qoplangan baland silindrsimon poydevorga oʻrnatilgan va aviatsiya dubulgʻasi, hilpirab turgan kurtka, sviter va aviatorlar baland etigini kiygan yigit qiyofasi tasvirlangan. Poydevorda uchta stratonavtning portretlari-barelyeflari va „Qahramon-stratonavtlar uchun“ yozuvi oʻyib yozilgan. Yodgorlik mualliflari: haykaltarosh A. A. Pismenniy va meʼmor A. N. Dushkin.

Yodgorlik ochilishiga stratonavtlarning yaqinlari tashrif buyurishgan: ular respublika oʻlkashunoslik muzeyiga tashrif buyurishgan, oʻz xotiralari bilan oʻrtoqlashishib, stratonavtlarning shaxsiy buyumlari, fotosuratlari va hujjatlarini muzeyga sovgʻa qilishgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Градостроительные ориентиры российских столиц: Саранск: монография. Саранск: Изд-во Мордов. ун-та, 2009 — 372—376 bet. ISBN 978-5-7103-2133-1. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zaraeva N. Stratosferaga yutuq. — Saransk: Mordoviya yangiliklari, № 14, 2004-yil 30-yanvar.