Stacy Galina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stacy Galina
Tavalludi 24-sentyabr 1966-yil (1966-09-24) (57 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, Zargar
Faoliyat yillari 1989-2011 (aktirsa)

Stacy Galina (1966-yil 24-sentabrda tugʻilgan) — amerikalik zargar va sobiq aktrisa. U CBS telekanali efirga uzatgan Knots Landing serialidagi Kate Whittaker va Mary-Frances Sumner rollari bilan tanilgan[1].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galina Maryland shtatining Baltimor shahrida tugʻilgan va New Yorkdagi Amerika balet maktabi va Amerika balet teatrida tahsil olgan, shuningdek, Atlanta Balletda uch yil davomida raqsga tushgan[2]. Oilada yolgʻiz farzand. Galinaning asl orzusi professional raqqosa boʻlish edi, ammo yetti yoshida bolalikdagi jarohati tufayli nogironlar aravachasida vaqtincha foydalanishi uni bunday istiqbollardan voz kechishga majbur qildi[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyinchalik, Galina aktrisalik faoliyatini boshladi. 1989-yilda Big Man on Campus nomli komedik filmida kichik qismda oʻzining dastlabki debyutini amalga oshirdi. Shundan soʻng, David Jacobsning Paradise serialida, Knots Landing filmida rol oʻynashdan oldin, paydo boʻldi. Dastlabki maxsus mehmon rolini 1990-yilda Mary Frances Sumner obrazini gavdalantirish orqali amalga oshiradi. Oʻzi qatnashgan serialning soʻnggi uch mavsumida Kate Whittaker rolida oddiy aktyorlar tarkibida ham harakat qilgan[2]. U 1997-yilda Knots Landing: Back to the Cul-de-Sac " filmida Kate rolini takrorladi.

Galina Daddy's Girls (CBS, 1994-yil), Lost on Earth (USA Network, 1997-yil), Alright Already (The WB, 1997—1998-yillar) hamda Hidden Hills (NBC, 2002—2003-yillarda) kabi bir qator qisqa muddatli sitkomlarda muntazam rollarni ijro etgan. Aktrisa, shuningdek, Party of Five, Friends, Will & Grace, Boston Legal kabi filmlarida maxsus mehmon rolida ishtirok etadi[4].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galina 2011-yilda aktrisalik faoliyatini yakunladi. Chunki u koʻpincha, satrlarni yodlashda va maxsus qoidalarga rioya qilishda qiynalardi. Buning oʻrniga u kun davomida bor vaqtini qimmatbaho buyumlar savdosi — zargarlik bilan shugʻullanishga sarflay boshladi[1]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol
1989 Mike Hammer: Murder Takes All Amy Durant
1990 The Magical World of Disney Jill
1989-1990 Paradise Frankie
1990-1993 Knots Landing Kate Whittaker / Mary-Frances Sumner
1994 Daddy’s Girls Amy
1995 Party of Five Maggie Beaton
1997 Lost on Earth Sherry Greckin
1997 Knots Landing: Back to the Cul-de-Sac Kate Whittaker
1997-1998 Alright Already Jessica Lerner
1999 It's Like, You Know... Maggie
2000 Friends Julie Graff
2002 What I Like About You Sheila
2001-2002 Providence Allison Hoffman
2003 Nomsiz Howie Mandel loyihasi
2002-2003 Hidden Hills Pam Asher
2004 Will & Grace Debbie
2006 Boston Legal Jody Young (Young bu familya)
2007 Notes from the Underbelly Marie
2011 Love Bites Kindra

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Landing on Her Feet – Stacy Galina“ (18-fevral 2022-yil).
  2. 2,0 2,1 „Stacy Galina's Career Is in 'Knots,' but She Tries to Avoid 'L.A. Thing'“. Los Angeles Times (7-sentabr 1991-yil). Qaraldi: 11-avgust 2015-yil.
  3. „Stacy Galina's Happy "Landing"“ (10-mart 2022-yil).
  4. „Children Of The Corn V: Field Of Terror“. AV Club (23-aprel 2002-yil). Qaraldi: 11-avgust 2015-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]