Spinal (Lyumbal) punksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lyumbal punksiya
Sinonimlari Spinal punksiya
Lyumbal punksiya amalga oshirish texnikasi. Bemor orqasidagi qizil jigarrang sohaga yod bilan ishlov berilgan (antiseptik maqsadda)

Lyumbal punksiya (LP), shuningdek, spinal funksiya sifatida tanilgan bu tibbiy muolaja, igna orqali umurtqa pogʻonasi kanaliga kirishni anglatadi. Odatda diagnostik maqsadlar uchun miya suyuqligi yigʻiladi. Lyumbal punksiyaning asosiy maqsadi markaziy asab tizimining kasalliklarini, shu jumladan miya va umurtqa pogʻonasi kasalliklarini (meningit va subaraxnoidal gematoma) tashxislash hisoblanadi. Ba'zi sharoitlarda terapevtik maqsadlarda ham qoʻllanishi mumkin. Ba'zida lyumbal punksiya xavfsiz tarzda amalga oshirilmaydi (masalan, kuchli qon ketish tufayli).[1]  Jarayon odatda steril texnikadan foydalangan holda mahalliy anesteziya ostida amalga oshiriladi. Gipodermik igna subaraxnoidal boʻshliqqa kiritish va suyuqlikni olish uchun ishlatiladi.[1]  Suyuqlik biokimyoviy, mikrobiologik va sitologik tahlilga yuborilishi mumkin. Ultratovush bilan birgalikda punksiya olib borish bu manipulatsiyaning effektini sezilarli darajada oshiradi.[2] Lyumbal punksiya birinchi marta 1891-yilda nemis shifokori Geynrix Kvinke tomonidan amalga oshirilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dural boʻshliqqa kirishning birinchi usuli londonlik shifokor Walter Essex Wynter tomonidan tasvirlangan. 1889-yilda u tuberkulyoz meningit bilan ogʻrigan toʻrtta bemorda qoʻpol kesma orqali orqa miyaga konyula qoʻyishni ishlab chiqdi.  Asosiy maqsad tashxis uchun emas, balki koʻtarilgan intrakranial bosimni davolash edi.[3]  Nemis shifokori Geynrix Kvinke igna orqali lyumbal punksiya texnikasini fanga kiritdi, u Wynterni oldingi kashfiyoti asosida yaratildi. Kvinke birinchi marta 1891-yilda Germaniyaning Visbaden shahrida boʻlib oʻtgan ichki kasalliklar konferentsiyasida oʻz tajribalari haqida xabar berdi.[4]  Keyinchalik u bu mavzuda kitob nashr etdi.[5][6] Lyumbal punksion amaliyotini Qo'shma Shtatlarga bolalar kasalxonasida joylashgan Garvard tibbiyot maktabining assistenti Artur X. Ventvort olib bordi.  1893-yilda u orqa miya suyuqligini tekshirish orqali miya meningitiga tashxis qoʻyish boʻyicha uzun maqola chop etdi.[7]  Biroq, u bolalardan orqa miya suyuqligi olgani uchun tanqidlarga uchradi.  Kvinke oʻsha paytda tashkil etilgan Jon Xopkins tibbiyot maktabiga qabul qilinmadi.Tarixda lyumbar punksiya pnevmoensefalografiyani oʻtkazish jarayonida ham qoʻllanilgan, hozirgi vaqtda miyaning eskirgan rentgenologik tekshiruvi 1920-yillardan 1970-yillarda MRT va KT kabi zamonaviy invaziv boʻlmagan usullari paydo boʻlgunga qadar keng koʻlamda amalga oshirilgan. Ushbu jarayon juda ogʻriqli protsedura boʻlib, oddiy rentgenogrammalarda miyaning maʼlum joylarining koʻrinishini yaxshilash uchun lyumbar punksiya orqali MNTga havo yoki boshqa gaz yuborilgan.

Qarshi koʻrsatma[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lyumbal punksiya quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:

Idiopatik (noma'lum sabab) intrakranial bosimning oshishi (ICP) (koʻtarilgan ICP borligida lyumbal punksiya churraga olib kelishi mumkin. Istisno sifatida ICPni kamaytirish uchun lyumbal punksiyadan terapevtik maqsadda foydalanish mumkin).[8][9]

Ehtiyotkorlik bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yosh > 65

GCS

Fokal nevrologik belgilar

Anormal nafas olish shakli

Bradikardiya

Qon ketish diatezi (nisbiy)

Koagulopatiya

Trombotsitlar sonining kamayishi (<50 x 109/L)

Infektsiyalar

Vertebral deformatsiyalar (skolioz yoki kifoz), shuningdek tajriba yetarli boʻlmaganda.

Qoʻllanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lyumbal punksiya ikki maqsadda qoʻllanishi mumkin:[10][11][12] diagnostik hamda davolash maqsadida.

Diagnostika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lyumbal Punksiya asosan diagnostik maqsadda qoʻllaniladi va maʼlum miqdorda suyuqlik yigʻiladi. Suyuqlikni tahlil qilish markaziy asab tizimiga taʼsir qiluvchi yuqumli, yallig'lanish[11] va neoplastik kasalliklarni[11] istisno qilishi mumkin.  Eng keng tarqalgan maqsad meningitga shubha qilinganda[2], chunki hayot uchun xavfli, ammo davolash mumkin boʻlgan meningitni istisno qiladigan boshqa ishonchli tekshirish usuli yoʻq. Lyumbal punksiya shuningdek, "1-bosqich" yoki "2-bosqich" Tripanosoma brucei mavjudligini aniqlash uchun ham ishlatilishi mumkin. Yosh chaqaloqlar odatda aniqlanmagan isitma uchun ham lyumbal punksiya amalga oshiriladi. Bu meningitning keksa odamlarga qaraganda yuqoriroq darajasi bilan bogʻliq. Bolalarda meningitning klassik belgilari (boʻyin qotishi va bosh ogʻrigʻi) kattalarnikidek yaqqol koʻzga tashlanmaydi.[13]  Har qanday yosh guruhida subaraxnoid qon ketish, gidrosefaliya, intrakranial gipertenziya va boshqa koʻplab tashxislar ushbu test bilan aniqlanadi yoki davolanadi. Bundan tashqari, karsinomatoz meningit yoki medulloblastoma kabi CSF (serebro spinal suyuqlik)da malignizatsiyalashgan hujayralar mavjudligini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lyumbal punksiya shuningdek, dori-darmonlarni orqa miya suyuqligiga, ayniqsa spinal anesteziya[14] yoki kimyoterapiya uchun yuborish ham amalga oshirilishi mumkin. Ketma-ket qilinadigan lyumbal punksiya idiopatik intrakranial gipertenziyani (IIH) vaqtincha davolashda foydali boʻlishi mumkin. Ushbu kasallik bosh ogʻrigʻiga va koʻrishning doimiy yoʻqolishiga olib kelishi mumkin boʻlgan CSF bosimining oshishi bilan tavsiflanadi. Davolashning asosiy yoʻnalishlari dori-darmonlar boʻlsa-da, ba'zi hollarda bir necha marta bajarilgan lyumbal punksiya simptomlarni yaxshilashi mumkin. Jarayonning noqulayligi, xavfi va samaradorligining qisqa muddati tufayli uni davolashning asosiy usuli sifatida tavsiya etilmaydi.[15][16] Bundan tashqari, normal bosimli gidrosefaliya (siydik tuta olmaslik, toʻgʻri yurish qobiliyatining oʻzgarishi va demensiya bilan tavsiflanadi) boʻlgan ba'zi odamlarda CSF olib tashlanganidan keyin sImptomlar biroz yengillashadi.[17]

Salbiy oqibatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh ogʻrigʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻngil aynishi bilan orqa miya bosh ogʻrigʻi eng koʻp uchraydigan asoratdir. Koʻpincha ogʻriq orqa miya suyuqligiga dori-darmonlar yuborilganda kuzatiladi. Muvaffaqiyatli punksiyadan keyin ikki soat davomida yotgan holatga qat'iy rioya qilish orqali bu asoratning oldini olish mumkin. Kofeinni tomir ichiga yuborish koʻpincha bu ogʻriqni toʻxtatishga yordam berishi mumkin. Uzoq vaqt davomida toʻshakda yotishga qaramay, doimiy boʻlgan va faqat oʻtirganda paydo boʻladigan bosh ogʻrigʻi punksiya joyidan CSF oqib chiqishini koʻrsatishi mumkin. Bu holatni koʻproq toʻshakda yotish yoki epidural qon yamog'i bilan davolash mumkin, bunda odamning oʻz qoni oqma joyiga qayta yuboriladi va tromb hosil qilinadi.

Boshqa oqibatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Punksion ignasining yon tomoni va orqa miya nervi ildizi oʻrtasidagi aloqa protsedura davomida oyoqda anomal sezgilarga (paresteziya) olib kelishi mumkin. Bu holat juda xavfli boʻlmasada, manipulyatsiyani oʻtqazishdan oldin bu haqda bemorni ogohlantirish kerak. Toʻgʻri bajarilgan punksiyaning jiddiy asoratlari juda kam uchraydi.[11]  Ba'zi olimlarning fikricha, dastlabki bosim anormal boʻlganida suyuqlikni olib tashlash orqa miya siqilishiga yoki miya churrasiga olib kelishi mumkin. (bunday hodisalar faqat vaqt oʻtishi bilan tasodifiy boʻlishi mumkin degan nazariyalar ham mavjud). Har qanday holatda, agar intrakranial massaga shubha boʻlsa, punksiyadan oldin bemorni kompyuter tomografiyadan oʻtqazish lozim.[18]

Texnikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miya va orqa miya umumiy hajmi 125–150 ml (kattalarda) boʻlgan miya suyuqligi saqlaydi. U amortizator vazifasini, barier vazifasini hujayralarni oziqlantirish vazifasini bajaradi. Miya suyuqligi xoroid pleksus tomonidan ishlab chiqariladi va qon aylanish tizimiga qayta soʻrilishidan oldin (asosan araxnoid granulyatsiyalar tomonidan) u yerdan boshqa sohalarga aylanadi.[19] Orqa miya kanaliga lyumbal sohadan kirish eng xavfsizi hisoblanadi. Bunga sabab birinchi yoki ikkinchi bel umurtqalari ostida (L1 yoki L2) orqa miya tugaydi (konus medullaris). Soʻng orqa miya kauda equina deb ataladigan nervlar bilan davom etadi. Kauda equina sohasida umurtqa pogʻonasini punksiya qilish xavfi kamroq boʻladi, chunki bu boʻshashgan tolalar shikastlanmasdan igna yoʻlidan chiqib ketadi.[20] 

Odam odatda yon tomoniga yotqiziladi (oʻngdan koʻra koʻproq chap tomoniga).  Bemor boʻynini egib, iyagi koʻkragiga yaqin qilinadi. Orqa tomoni bukadi va tizzalarini koʻkragiga olib kelinadi. Shunda bemor homila holatiga iloji boricha yaqinlashadi. Bemorlar, shuningdek, kursida oʻtirgan holatda ham punksiya qilinishi mumkin. Pastki orqa atrofidagi joy aseptik texnika yordamida tayyorlanadi. Tegishli joy palpatsiya qilingandan soʻng, teri ostiga mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi vosita infiltratsiya qilinadi va keyin punksion igna bilan jarayon boshlanadi. Orqa miyaga igna L3/L4, L4/L5 yoki L5/S bel umurtqalari orasidan kiritiladi. Igna suyuqlik tomib chiqquncha itariladi. Odatda sogʻlom odamning orqa miya suyuqligi tomchilab chiqa boshlaydi hamda juda tiniq boʻladi. Agar oʻzgarish yaʼni quyqalashgan yoki suyuqlik sizib chiqadigan boʻlsa qandaydir patologik jarayon borayotganidan dalolat beradi. Suyuqlikni olish paytida oddiy ustunli manometr yordamida bosimni ham oʻlchash mumkin. Jarayon punksion sohaga bosim oʻtqazgan holda ignani tortib olish bilan yakunlanadi. Jarayonda ultratovushdan foydalanish orqa miya orasidagi boʻshliqni koʻrish va umurtqa pogʻonasi chuqurligini teridan baholash uchun foydalidir. Ultratovush tekshiruvi yordamida amalga oshiriladigan punksion amaliyot muvaffaqiyatli boʻlishiga olib keladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Maranhao, B.; Liu, M.; Palanisamy, A.; Monks, D. T.; Singh, P. M. (17 December 2020). "The association between post‐dural puncture headache and needle type during spinal anaesthesia: a systematic review and network meta‐analysis". Anaesthesia. Wiley. 76 (8): 1098–1110. doi:10.1111/anae.15320. ISSN 0003-2409. PMID 33332606.
  2. 2,0 2,1 Gottlieb, M; Holladay, D; Peksa, GD (January 2019). "Ultrasound-assisted Lumbar Punctures: A Systematic Review and Meta-Analysis". Academic Emergency Medicine. 26 (1): 85–96. doi:10.1111/acem.13558. PMID 30129102.
  3. Wynter W. E. (1891). "Four Cases of Tubercular Meningitis in Which Paracentesis of the Theca Vertebralis Was Performed for the Relief of Fluid Pressure". Lancet. 1 (3531): 981–2. doi:10.1016/S0140-6736(02)16784-5.
  4. Quincke, H (1891). "Verhandlungen des Congresses für Innere Medizin" [Negotiations of the Congress of Internal Medicine]. Proceedings of the Zehnter Congress (in German): 321–31.
  5. Quincke HI (1902). Die Technik der Lumbalpunktion [The technique of lumbar puncture] (in German). Berlin & Vienna.
  6. Heinrich Irenaeus Quincke at Who Named It?
  7. Page 62 has a reference to an 1896 publication in Boston Med. Surg. J
  8. Roos, KL (March 2003). "Lumbar puncture". Seminars in Neurology. 23 (1): 105–14. doi:10.1055/s-2003-40758. PMID 12870112.
  9. Straus, Sharon E.; Thorpe, Kevin E.; Holroyd-Leduc, Jayna (25 October 2006). "How Do I Perform a Lumbar Puncture and Analyze the Results to Diagnose Bacterial Meningitis?". JAMA. 296 (16): 2012–22. doi:10.1001/jama.296.16.2012. PMID 17062865.
  10. Doherty, Carolynne M; Forbes, Raeburn B (2014). "Diagnostic Lumbar Puncture". The Ulster Medical Journal. 83 (2): 93–102. ISSN 0041-6193. PMC 4113153. PMID 25075138.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 Sempere, AP; Berenguer-Ruiz, L; Lezcano-Rodas, M; Mira-Berenguer, F; Waez, M (2007). "Punción lumbar: indicaciones, contraindicaciones, complicaciones y técnica de realización" [Lumbar puncture: its indications, contraindications, complications and technique]. Revista de Neurología (in Spanish). 45 (7): 433–6. doi:10.33588/rn.4507.2007270. PMID 17918111.
  12. Gröschel, K; Schnaudigel, S; Pilgram, S; Wasser, K; Kastrup, A (19 December 2007). "Die diagnostische Lumbalpunktion" [The diagnostic lumbar puncture]. Deutsche Medizinische Wochenschrift (in German). 133 (1/02): 39–41. doi:10.1055/s-2008-1017470. PMID 18095209.
  13. Visintin, C.; Mugglestone, M. A.; Fields, E. J.; Jacklin, P.; Murphy, M. S.; Pollard, A. J.; Guideline Development Group; National Institute for Health and Clinical Excellence (28 June 2010). "Management of bacterial meningitis and meningococcal septicaemia in children and young people: summary of NICE guidance". BMJ (Clinical Research Ed.). 340: c3209. doi:10.1136/bmj.c3209. PMID 20584794. S2CID 7685756.
  14. López, T; Sánchez, FJ; Garzón, JC; Muriel, C (January 2012). "Spinal anesthesia in pediatric patients". Minerva Anestesiologica. 78 (1): 78–87. doi:10.1111/j.1460-9592.2011.03769.x. PMID 22211775. S2CID 205522367.
  15. Biousse, V. (October 2012). "Idiopathic intracranial hypertension: Diagnosis, monitoring and treatment". Revue Neurologique. 168 (10): 673–683. doi:10.1016/j.neurol.2012.07.018. PMID 22981270.
  16. Kesler, Anat; Kupferminc, Michael (June 2013). "Idiopathic Intracranial Hypertension and Pregnancy". Clinical Obstetrics and Gynecology. 56 (2): 389–396. doi:10.1097/GRF.0b013e31828f2701. PMID 23563883. S2CID 20556772.
  17. Gallia, Gary L; Rigamonti, Daniele; Williams, Michael A (July 2006). "The diagnosis and treatment of idiopathic normal pressure hydrocephalus". Nature Clinical Practice Neurology. 2 (7): 375–381. doi:10.1038/ncpneuro0237. PMC 5390935. PMID 16932588.
  18. Joffe, Ari R. (29 June 2016). "Lumbar Puncture and Brain Herniation in Acute Bacterial Meningitis: A Review". Journal of Intensive Care Medicine. 22 (4): 194–207. doi:10.1177/0885066607299516. PMID 17712055. S2CID 22924383.
  19. Wright, Ben L. C.; Lai, James T. F.; Sinclair, Alexandra J. (26 January 2012). "Cerebrospinal fluid and lumbar puncture: a practical review". Journal of Neurology. 259 (8): 1530–1545. doi:10.1007/s00415-012-6413-x. PMID 22278331. S2CID 2563483.
  20. Wright, Ben L. C.; Lai, James T. F.; Sinclair, Alexandra J. (26 January 2012). "Cerebrospinal fluid and lumbar puncture: a practical review". Journal of Neurology. 259 (8): 1530–1545. doi:10.1007/s00415-012-6413-x. PMID 22278331. S2CID 2563483.