SpaceX CRS-20

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
SpaceX CRS-20
COSPAR ID Andoza:Cospar Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
SATCAT no. Andoza:Wd
 

SpaceX CRS-20 (shuningdek, SpX-20 nomi bilan ham tanilgan) NASA bilan Commercial Resupply Services (CRS) shartnomasi doirasida Xalqaro Kosmik Stantsiyasini taʼminlash dasturida SpaceX Dragon avtomatik yuk fazo kemasinig yigirmanchi parvozidir.

Shartnomaning birinchi bosqichi boʻyicha soʻnggi missiya va birinchi avlod Dragon kosmik kemasining soʻnggi uchirilishi. Shartnomaning ikkinchi bosqichidagi missiyalar Dragon 2 kemasining yuk versiyasi yordamida amalga oshiriladi.

Bu 2017-yil fevral va 2018-yil dekabr oylarida avvalroq SpaceX CRS-10 va SpaceX CRS-16 missiyalarida foydalanilgan kosmik kemaning qaytariladigan kapsulasi uchun uchinchi parvozdir[1].

Parvoz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi videofayllar
YouTube logotipi SpaceXdan parvoz vebkasti YouTubeda
YouTube logotipi NASA TVdagi parvoz vebkasti YouTubeda

Fevral oyining oxirida, parvozga tayyorgarlik koʻrilayotganda uskunani odatdagiday tekshirish paytida, raketa tashuvchining ikkinchi bosqichi klapani uzatmasining notoʻgʻri ishlayotganligi aniqlandi. SpaceX eng xavfsiz va eng maqbul variant raketa tashuvchining bosqichini almashtirish deb qaror qildi va uchirish maydonida boʻlgan va keyingi parovzga tayyorgarlik koʻrayotgan yana bir ikkinchi bosqichdan foydalandi. Parvoz bir necha kunga kechiktirildi[2].

Kanaveral burnidagi SLC-40 parvoz majmuasidan Falcon 9 raketa tashuvchisining uchirilishi 2020-yil 7-mart kuni soat 04:50 UTC da boʻlib oʻtdi. Parvozdan taxminan 10 daqiqa oʻtgach, kosmik kema orbitaga chiqdi va quyosh batareyalarini ochdi[3].

Yaqinlashishi va tutashtirilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 9-mart kuni kema Xalqaro Kosmik Stantsiyaga bogʻlandi. Birinchi boʻlib, UTC soat 10:25 da Dragon yuk fazo kemasi Jessica Meir tomonidan boshqariladigan Kanadarm2 robot qoʻli tomonidan ushlab olindi. Keyin, ushbu qoʻl yordamida kema yaqinroqga tortildi va 12:18 UTC da nihoyat XKSning Harmony modulining nadir tutashuv uzeliga tutashtirildi[4][5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „SpaceX CRS-20 Mission Overview“ (en). NASA. 2020-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-mart.
  2. „SpaceX swaps upper stage for next Falcon 9 launch“ (en). Spaceflight Now (2020-yil 26-fevral). 2020-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-mart.
  3. „Корабль Dragon с грузом для МКС стартовал с мыса Канаверал“. ТАСС. 2020-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-mart.
  4. „Грузовой корабль Dragon пристыковался к МКС“ (ru). РИА Новости (2020-yil 9-mart). 2020-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
  5. „Robotic Arm Captures Dragon Packed With Science – Space Station“ (en). blogs.nasa.gov (2020-yil 9-mart). 2020-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.