Sovetlar Saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sovetlar saroyi
Palace Of Soviets 2.JPG
Sovetlar saroyining tahminiy ko'rinishi
Umumiy maʼlumot
Meʼmoriy uslubi Antik va sovet uslubi
Qurilishi boshlangan 1937
Qurilishi tugagan 1941 (Nemislar hujumi sabab majburiy to'xtatiladi)
Balandligi
Balandligi 420 metr
Texnik holati
Qavatlar soni 100
Sovetlar Saroyi

Sovetlar saroyi (Ruscha: Дворец Советов) meʼmor Boris Iofan tomonidan tayyorlangan va rasman qabul qilingan ulkan saroy loyihasi hisoblanadi. 1937-yilda loyihani amalga oshirish ishlari boshlab yuboriladi. Lekin, 1941-yilda Germaniyaning Sovet davlatiga bostirib kirishi (Barbarossa rejasi)dan soʻng bu loyihani amalga oshirish ishlari toʻxtatiladi.

Loyihaning eʼlon qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1922-yilning dekabrida amalga oshirilgan kommunistik partiyaning muhim yigʻilishida soʻzga chiqqan Sergey Kirov „Proletariat hokimyatining ramzi“ hamda „kommunizmning bu mamlakatdagi gʻalabasini emas, balki, gʻarb ustidan ham gʻalabasining isboti“ sifatida ulkan saroy qurilishini eʼlon qiladi. Saroyning qurilishi borasidagi rejalashtirish ishlari Leninning oʻlimidan soʻng, 1924-yilda boshlab yuboriladi. Ammo markaziy komitet Sovetlar saroyi uchun loyiha tanlovini 1930-yilda boshlaydi. Modernizmning mashhur vakili, meʼmor Le Corbusier ham bu tanlovda ishtirok etadi. Jami 160 ishtirokchi loyiha tanlovi uchun qatnashishadi. Molotov boshchiligidagi komissiya uch yildan davomida toʻplangan loyihalarni koʻzdan kechirib, tanlovda hech kim gʻalaba qozona olmaganini eʼlon qiladi. Ammo shunday boʻlsa ham Boris Iofan yetakchiligidagi guruhga loyihada qatnashish uchun yana bir bor imkon beriladi. Shu tariqa ulkan tort shaklida tayyorlangan saroy loyihasi Stalin rahbarligidagi komitet aʼzolariga tortiq qilinadi.[1] Bundan tashqari Saroy ichida uch marotaba sovet qahramoni boʻlgan kishilarning haykallarini oʻrnatilishi reja qilingandi. 1937-yilga kelib Kreml yaqini yaʼni Moskva shahrining oʻrtasida, buzib tashlangan Iso sobori oʻrnida Saroyni qurish ishlari boshlab yuboriladi.

1937-yilda Sovet meʼmorlarining birinchi kongresi eʼloni uchun tayyorlangan surat

Saroyning taqdiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saroy 1942-yilda qurib bitkazilishi va oʻsha davr uchun dunyoning eng yirik binosi boʻlishi kerak edi.[2] 110.000 kvadrat metr maydonda qurilishi rejalashtirilgan ushbu saroyning balandligi 420 metr boʻlishi, Nyu Yorkda qurib bitkazilgan Empire State binosidan ham baland boʻlishi rejalashtiriladi. 100 qavat boʻlishi belgilangan binoning tamalini qoʻyish uchun Sovet davlatida ishlab chiqarilayotgan butun sementning 16 % sarf qilinadi. Bundan tashqari „Ozodlik haykali“dan uch barovar katta, balandligi 90 metrlik ulkan Lenin haykali qurilishi, 35 metrlik qoʻllari, 6 metrlik barmoqlari bilan osmonga ishora qilishi, hatto 60 kilometr uzoqdan ham koʻrinib turishi kerak edi. Saroy bir vaqtning oʻzida 25.000 delegatsiya aʼzolarini oʻziga sigʻdirishi, 6000 ta stoli, 120 ta lifti, 60 ta oʻzi yurar zinasi, galeriyasi, muzeyi hamda hukumat arxivini oʻzida jamlashi reja qilinadi.[3] Bir soʻz bilan aytganda bino antik dunyoning yetti moʻjizasi bilan bellasha olishi va utopik madaniyatni oʻzida aks etishi kerak edi. Oʻsha davr ijodkorlaridan biri: „Binoni shunday quramizki, u eskirmaydi, abadiyatga muhrlanadi!“ deb yozgandi.

Bekor qilinishi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Binoning temir tayanchi 1941-yilda oʻrnatib boʻlinadi. Ammo Gitler Germaniyasining Sovetlar davlatiga hujumidan soʻng qurilish bekor qilinadi. Saroy qurilishi uchun ishlatilgan temir esa tank, koʻprik, temiryoʻl va boshqa mudofaa maqsadlarida foydalaniladi.

Urushdan keyingi taqdiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saroy maydoni 1958-1960-yillarda „Moskva hovuzi“ga aylantirilgandan keyingi koʻrinishi(1980)

1958—1960-yillar davomida saroyning hududi suzish maydoniga aylantiriladi. Va, 1994-yilga qadar „Moskva hovuzi“ sifatida foydalanib kelinadi.[4]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Overy, Richard, Hitler ve Almanyaʼsı — Stalin ve Rusyaʼsı, ErKO Yayıncılık, İstanbul, 2004, s. 166-167
  2. En ünlü bitmemiş sanat eserleri 26 Eylül 2015 tarihinde Wayback Machine sitesinde arşivlendi., Sabah gazetesi, Erişim tarihi: 25 Eylül 2015.
  3. Blast From The Past — September 1939 (Mechanix Illustrated) 30 Ocak 2019 tarihinde Wayback Machine sitesinde arşivlendi., Erişim tarihi 4 Ocak 2016.
  4. Tumarkin, Maria M. (2005). Traumascapes: The Power and Fate of Places Transformed by Tragedy[sayt ishlamaydi] 21 Kasım 2015 tarihinde Wayback Machine sitesinde arşivlendi., Melbourne Univ. Publishing, 2005, s. 16, Erişim tarihi: 20 Kasım 2015.