Sovet ekrani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sovet ekrani jurnalidan yoʻnaltirildi)

"Sovet ekrani"SSSRda, soʼngra Rossiyada 1925-yildan —1998-yilgacha turli vaqt oraligʼida (1931—1939 va 1941—1957-yillar oraligʼida tanaffus bilan) nashr etilgan ommabop tasvirli jurnal. Jurnalda kinoekranning milliy va xorijiy yangiliklari, kinematografiya tarixi yoritilgan, tanqidiy maqolalar chop etilgan, aktyor va kino sanʼatshunoslarning ijodiy portretlari chop etilgan. Jurnal oʼquvchilari oʼrtasida har yili soʼrov oʼtkazilib, natijada “Yilning eng yaxshi filmi”, “Yilning eng yaxshi aktyori”, “Yilning eng yaxshi aktrisasi”, “Bolalar uchun eng yaxshi film” va “Eng yaxshi musiqiy film” nominatsiyalari oʼtkazilardi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jurnalning ilk soni 1925-yil 13-yanvarda chiqadi. U “Kino” gazetasiga ilova sifatida “Kino-gazetasi ekrani”nomi bilan, 1925-yil 24-martdan “Sovet ekrani” nomi bilan nashr etiladi. Аvvaliga bu sakkiz sahifadan kichik boʼlmagan kitob koʼrinishda edi. Аsta-sekin jurnal formati, hajmini oshib, haftada bir marta nashr etila boshlandi. Birinchi masʼul muharrir Kirill Shutko davrida u 35 ming nusxa[1], Аleksandr Kurs davrida esa 80 ming nusxaga yetkaziladi.1929-yil oxirida “Sovet ekrani” jurnali nomi “Kino va hayotga”ga oʼzgartiriladi. Kitobxonlar murojaatida “Yangi jurnal mamlakatda sinfiy kurash kuchaygan, sotsialistik qurilishdagi ulkan yuksalish va sotsializm uchun kurashda ommaning ishtiyoqi tobora kuchayib borayotgan bir paytda paydo boʼlmoqda”, deyiladi. 1931-yilning boshlarida “Kino va hayot” jurnali “Kino va madaniyat” jurnali bilan birlashtirilib, 1932-yil oxirigacha “Proletar kinosi” nomi bilan har oyda nashr etila boshlaydi. Ushbu birlashma boshlangan paytdan boshlab “Kino sanʼati” nazariy jurnali chop etiladi.

1939-yilda kinoixlosmandlari va ommabop muxlislar uchun moʼljallangan "Sovet kinoekrani" oylik tasvirli jurnali (1940 yilda — ikki haftada bir, 1941 yildan — oyda bir marta) chiqa boshladi. U 1941-yil iyulgacha nashr etiladi.

1957-yil yanvar oyidan boshlab kino masalalari boʼyicha ommaviy jurnal avvalgi — "Sovet ekrani" nomi bilan yangitdan nashr etiladi. SSSR Madaniyat vazirligining matbuot organi, madaniyat vaziri N.А.Mixaylovning taʼkildashicha, "bu jurnal sovet tomoshabinlarining estetik tarbiyasiga yordam berish, kino sanʼati asarlarini toʼgʼri tushunishga yordam berish, ularda eng yaxshisini topa oladi, ikkinchi tomondan, u yoki bu kinofilmlarning kamchiliklarini sezadi va tanqid qiladi”. Mazkur jurnalda kinoekranning mahalliy va xorijiy yangiliklari, kino tarixi, aktyor va rejissyorlarning ijodiy portretlari hamda kinosanʼatining boshqa namoyandalari haqidagi maqolalar chop etiladi . 1984-yilda uning adadi 1,9 millionni, 1987-yilda 1,7 million nusxani tashkil etadi. 650 dan ortiq jurnal muqovalari fotograf Nikolay Gnisyuk tomonidan ishlov beriladi[2][3] .

Ushbu jurnal 1989-yildan buyon yiliga 24 ta emas, balki 18 marta nashr etiladi, har bir sonining hajmi oshgani holatda, rangli muqova qoʼshiladi. Аmmo yillik sahifalarning umumiy soni oʼzgarishsiz qoladi. 1991-yil yanvar oyida SSSR Kinematograflar uyushmasi va SSSR Goskino tomonidan jurnal nomi "Ekran" deb yuritiladi. 1991-yil oxirida bu jurnanalning taʼsischilari "Pravda" nashriyoti va tahririya aʼzolari boʼlishdi. U 1997—1998-yillarda bosh muharrir Boris Pinsk rahbarligida bir necha oy davomida oʼzining eski nomi "Sovet ekrani" bilan nashr etiladi. Oradan koʼp oʼtmay, iqtisodiy inqirozga yuz tutib, jurnal oʼz faoliyatini toʼxtatadi.

Jurnalning bosh muharrirlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1925-yili — Kirill Shutko
  • 1925-1926 — Aleksandr Kurs
  • 1926-1928 — Nikolay Yakovlev
  • 1928-yili — Vasiliy Russo
  • 1928-1929 — Vyacheslav Uspenskiy
  • 1929-1930 — Yakov Rudoy
  • 1940-1941 — Ivan Gorelov
  • 1956-1958 — Nikolay Kastelin
  • 1958-1961 — Elizaveta Smirnova
  • 1961-1975 — Dmitriy Pisarevskiy
  • 1975-1978 yillar — Anatoliy Golubev
  • 1978-1986 — Dal Orlov
  • 1986-1990 — Yuriy Ribakov
  • 1990-1993 — Viktor Demin
  • 1993-1998 — Boris Pinskiy

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Пятьдесят лет со дня выхода первого номера «Советского экрана» // Советский экран : журнал. — 1975. — Yanvar (Andoza:Бсокр). — Andoza:Бсокр.
  2. „Не стало известного фотографа Миколы Гнисюка“. «Известия» (2007-yil 2-fevral). 2016-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
  3. „Момент истины. Фотохудожник Николай Гнисюк“. «Искусство кино» (2006-yil 10-oktyabr). 2016-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kino: Entsiklopedik lug'at . - M.: Sovet Entsiklopediyasi, 1986.