Sophia Witherspoon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sophia Witherspoon
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 6-iyul 1969-yil (1969-07-06) (54 yosh)
Fort Pierce, Florida
Millati Amerikalik
Boʻyi 5 ft 10 in (1.78 m)
Vazni 145 lb (66 kg)
Karyera maʼlumoti
Maktab Fort Pierce Central (Fort Pierce, Florida)
Kollej Florida (1988-1991)
WNBA drafti 1997 / Tur: 2 / Tanlash: 11- overall
New York Liberty tomonidan tanlangan
Oʻyin karyerasi 1997-2009
Pozitsiyasi Himoyachi
Raqami 13
Statistikalar Basketball-Reference.com saytida
Medallari
AQSH bayrogʻi AQSh vakili

Sophia L. Witherspoon (talaffuzi: Sofia Uizerspun; 1969-yil 6-iyulda tugʻilgan) — sobiq amerikalik professional basketbolchi. UAyollar Milliy Basketbol Assotsiatsiyasida (WNBA) yetti mavsum davomida himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Witherspoon Florida universitetida kollej basketboli jamoasida faoliyat olib borgan va 1997-yilgi WNBA draftining ikkinchi bosqichida jamoa tarkibiga tanlangan. WNBAning New York Liberty, Portland Fire va Los Angeles Sparks klublarida professional tarzda oʻynagan.

Dastlabki yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Witherspoon Florida shtatining Fort Pierce shahrida tugʻilgan. Katta akasi uni 6 yoshida basketbol bilan tanishtirgan. U Fort Pierce markaziy oʻrta maktabida oʻqigan. U yerda Fort Pierce Central Cobras jamoasida ajoyib oʻrta maktab basketbolchisi boʻlgan.

Kollej jamoasidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Witherspoon Florida shtatidagi Gainesville shahridagi Florida universitetiga oʻqish uchun sport stipendiyasini qabul qilgan va u yerda 1988-yildan 1991-yilgacha murabbiy Carol Rossning Florida Gators ayollar basketbol jamoasida oʻynagan. Gators jamoasida uch mavsumda u 1381 ochko toʻplagan. 1991-yilda butun Janubi-Sharqiy Konferensiya (SEC) jamoasining birinchi tanlovi bilan jamoa tarkibiga tanlangan. U 1991-yilda Florida universitetini salomatlik va inson faoliyati boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan va 2005-yilda Florida universitetining Atletik shon-shuhrat mukofoti sohiblari qatoriga kiritilgan[1][2]. Uning sharafiga Florida Talabalar hayoti boshqarmasi har semestrda ikkita Gators sportchisiga „Maydonda ijobiy munosabat va sinfda kuchli ish axloqini koʻrsatgani uchun“ Sophia Witherspoon mukofotini taʼsis etgan.[3]

Florida jamoasidagi faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba[4]

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera
Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
1988—1989 Florida 29 436 41,6 % 26,3 % 62,2 % 5.7 2.1 1.3 0,5 15.0
1989—1990 Florida 28 424 40,7 % 22,9 % 59,1 % 4.4 2.2 1.8 0,5 15.1
1990—1991 Florida 28 521 43,9 % 38,0 % 72,9 % 5.7 1.9 2.4 0,7 18.6
Jami ochkolari Florida 85 1381 41,9 % 32,3 % 65,5 % 5.2 2.1 1.8 0,2 16.2

AQSH jamoasidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda Witherspoon Buffaloda (New York) boʻlib oʻtgan Jahon universitet oʻyinlarida AQSh terma jamoasi roʻyhatiga kiritilgan. Jamoa 6:2 hisobida musobaqa doirasida rekord oʻrnatgan va bronza medalini qoʻlga kiritgan. Witherspoon har bir oʻyinda oʻrtacha 1,8 ochko toʻplagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. F Club, Hall of Fame, Gator Greats. Retrieved December 13, 2014.
  2. "Nine Hall of Fame Inductees Announced, " GatorZone.com (September 30, 2004). Retrieved July 22, 2011.
  3. „Sixteenth World University Games -- 1993“. USA Basketball. 2015-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-oktyabr.
  4. „Florida Media Guide“. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]