Somon bank
Turi | AJ |
---|---|
Tarmogʻi | Bank ishi, moliyaviy xizmatlari |
Qachon asos solingan | 2002 |
Joylashuvi | Eron , Tehron |
Hududiy xizmati | Butun dunyo boʻylab |
Rahbariyat |
Alirizo Maʼrifat (Boshqaruv raisi) |
Mahsulot(lar)i | Chakana bank xizmatlari, korporativ mijozlar uchun bank xizmatlari, moliya va sugʻurta, investitsiya banki, ipoteka krediti, aktivlarni boshqarish, kredit kartalar |
Ishchilar soni | 2 425 (2018) |
Vebsayti | sb24.ir |
Somon bank (forscha: بانک سامان, Bank Saman) – Eronning xususiy banklaridan biri. Tehron fond birjasida listingga qoʻyilgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bank oʻz faoliyatini 1999-yil sentyabr oyida Kredit tashkiloti sifatida boshlagan. Keyinchalik, 2002-yil avgust oyida toʻliq bank litsenziyasini oldi va nomini Somon bank deb oʻzgartirdi. Somon Eqtesad kredit korporatsiyasi 1999-yil 23-sentyabrda 11 milliard rial (1,4 million AQSh dollari) ustav kapitali bilan tashkil etilgan. 1999-yil 22-noyabrda oʻzining birinchi filialini ochdi va faoliyatining birinchi yilida kapitalining 5%i miqdorida daromad olishga erishdi. 2002-yilda Somon inqilobdan keyingi Eronda bank litsenziyasini olgan uchinchi xususiy moliya muassasasi boʻldi. Shu nuqtai nazardan, ustav kapitali 220 milliard rialga (26 million AQSh dollari) oshdi.
2018-yilning may oyi holatiga koʻra, bankning Eronda 174 ta filiali (Tehronda 81 ta va boshqa shaharlarda 68 ta filial) faoliyat olib bormoqda[manba kerak].
2007-yil mart oyida Somon bank 900 milliard rial (97 million AQSh dollari) miqdorida shakllantirilgan ustav kapitaliga ega edi. Bankning Eron boʻylab 149 ta filiali faoliyat koʻrsatmoqda[2]. Somon bank, shuningdek, Eronda birinchi internet-banking xizmatini ishga tushirgan va shundan beri elektron bankingni kengaytirish va takomillashtirishda birinchi oʻrinda turadi.
Somon moliya guruhi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Somon bankdan tashqari, Somon moliya guruhi 2003—2012-yillarda tashkil qilingan yoki aksiyalar nazorat paketi sotib olingan yana sakkizta shoʻba kompaniyalarni oʻz ichiga oladi.
- Somon Kish elektron toʻlovi
- Somon yoʻldosh aloqalar guruhi (Saman SCG)
- Saman Exchange
- Saman Insurance
- Somon brokerligi (Wayback Machine saytida 2022-08-12 sanasida arxivlangan)
- Eron kredit byurosi va skoring (Wayback Machine saytida 2023-06-06 sanasida arxivlangan)
- Saman Processing
- Aftab Tejarat Saman Servicing
- Kardan investitsiya banki
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Somon bankning „Suv bor, biroq juda oz!“ aksiyasi toʻrtinchi Sarv-e Noghrey Biennalesida eng yaxshi tijorat grafik dizayni uchun Sarv-e Zarbin mukofotini qoʻlga kiritdi.
Homiyligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Somon bank 2013—2016-yillarda Eron voleybol jamoalari va federatsiyasi homiysi boʻlgan[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Eronning bank va sugʻurta tizimi
- Eron iqtisodiyoti
- Erondagi banklar roʻyxati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „سامان--“ (fa). irfarabourse.com. 2014-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-aprel.
- ↑ „صفحه مورد نظر يافت نشد“. banksaman.ir.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „بانک سامان حامی تیم های ملی والیبال شد“. iranvolleyball.com. 2013-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-may.