Solgʻuriylar
Solgʻuriylar - Fors (Eron)dagi solgʻuriy otabeklar sulolasi (1148— 1270). S. turkmanlarga mansub boʻlib, solgʻur (yoxud solur) qabilasi saljuqiylarnchnt gʻarbga yurishi chogʻida Forsga kelib oʻrnashgan. S. sulolasi asoschisi Sonqur Janubiy Erondagi mavqeini mustahkamlash uchun saljuqiylarning oʻzaro ichki nizolaridan ustalik bilan foydalangan va Fors viloyatida mustahkam oʻrnashib olgan (1148—61). Saʼd ibn Zangi davri (1203—31)da viloyat maʼlum darajada yuksalgan boʻlsada, soʻng xorazmshohlar vassaliga aylangan, nikoh munosabatlari bilan ittifoqchilik mustahkamlangan. Saʼdning vorisi va oʻgʻli Abu Bakr davri (1231—60)da Fors moʻgʻul xonlaridan Oʻqtoyxon, soʻngra Hulokunkng vassali boʻlgan. Abu Bakr moʻgʻullardan Qutlugʻxon unvonini olgan. Uning nabirasi malika Abash xotun (1265 — 70) Hulokuning oʻgʻli Mangu Temurga turmushga chiqqach, S.ga qarashli hududlar moʻgʻullar izmiga oʻtgan. Shoir Sadiy otabek Abu Bakr saroyida yashagan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |