Yevgeniya Sokolova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sokolova Yevgeniya Ivanovnadan yoʻnaltirildi)

Yevgeniya Ivanovna Sokolova (1910.31.5, Xarkov - ?) - Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Kuybishev drama teatri qoshidagi studiyani tugatgan (1930). Urush qatnashchisi. 1946— 86 yillar Samarqand rus drama teatrida aktrisa. Yuqori aktyorlik texnikasi, sahna madaniyati, chuqur psixologik kechinmada ifodalash va kuchli ehtiros S. ijodiga xos. "Irkutsk voqeasi" (A.Arbuzov)da Larisa. "Terezaning tugʻilgan kuni" (G.Mdivani)da Tereza, "Qoidasiz oʻyin" (L.Sheynin)da Marfa, "Oʻgay ona" (O.Balzak) da Gertruda, "Vanya togʻa" (A.Chexov)da Marina kabi obrazlar yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil