Sodirxon hofiz Bobosharifov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sodirxon hofiz Bobosharifov (1847 — Xoʻjand — 1931) — hofiz, sozanda, bastakor. Poshsho Oxun hamda Said Buzrukxoʻjalar qoʻlida tarbiyalanib, xonandalik, sozandalik hamda maqom sirlarini oʻzlashtirgan. 20 yoshida xonaqoi hofiz maqomiga muyassar boʻldi. Fargʻona vodiysi, xususan Qoʻqon xonaqoxlarida faoliyat koʻrsatdi. Erkaqori, Madumar Hofiz, sozandatar — karimqulbegi, Ismoil naychi, Domla Halim va Hojiabdulazizlar bilan yaqindan ijodiy hamkorlik qilgan. Sodirxon hofiz Bobosharifov "Sar-naqshchi", "Masnaviyxon" sifatida ham tanilgan. Shashmaqom zaminidagi oʻziga xos maqom yoʻllari talqini va unga asoslangan bastakorlik maktabini yaratgan; 20 dan ortiq asarlar ijod qilgan: "Ush-shoqi Sodirxon", "Talqinchai Qashqarchai Ushshoqi Sodirxon", "Segoh" I—V turkumi, "Savti Chorgoh Munojoti", "Shahnoz". "Sinaxurush" va boshqa