Sodir Erkinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sodir Erkinov — (1930, Rishton tumani, Fargʻona — 2009) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1977), professor.

Sodir Erkinov
Tavalludi 1930-yil, 30-dekabr
Fargʻona viloyati, Rishton tumani
Vafoti 2009-yil
Mukofotlari Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1992)

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fargʻona davlat pedagogika universitetini tugatgan (1952). Moskva davlat universitetida aspirant (1953—1956), Qoʻqon davlat pedagogika institutida katta oʻqituvchi (1958—1962), Qoʻqon adabiyot muzeyining mudiri, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti boʻlimi katta ilmiy xodimi (1962), tekstologiya boʻlimi mudiri (1976).

Uning „Lutfiy“ (1965), "Navoiy „Farhod va Shirin“i va uning qiyosiy tahlili" (1971) monografiyalari nashr etilgan.

„Asrlar osha mushoira“, „Sharq adabiyotida Farhod qissasi“, „Nizomiy Ganjaviy“ kabi kitoblar muallifi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Mukofoti laureati (1992)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 154 bet.