Social Media Marketing
Social Media Marketing (SMM; Tarjimasi: ,,Ijtimoiy tarmoqlarda marketingʻʻ), mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni yurgizish.[1] Social Media Marketing bevosita har xil jamoalar, jamiyatlar, foydalanuvchilar guruhlari bilan ishlash ham hisoblanadi. SMM hozirda nafaqat katta kompaniyalar, oʻz bozorlari faollari, balkim, oʻrta va kichik biznes vakillari ham keng miqyosida foydalanishmoqda. Uning yordamida ular, oʻz mijozlari bilan qayta aloqani yoʻlga qoʻyishmoqda.
SMM yordami bilan hal qilish mumkin boʻlgan vazifalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- brand yaratish va uni yurgizish/tanitish;
- brandni mashhur qilish, unga boʻlgan qiziqishni oshirish;
- PR;
- kompaniya saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish;
- mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulot yuzasidan paydo boʻlgan savollar tezkor javob berish, xizmat koʻrsatish.
SMM hozirda bajaradigan vazifasiga koʻra noananaviy qurollardan biri hisoblandi. Shunga qaramay, hozirda koʻpchilik mutaxassislar juda katta qiziqish va uning kelajagiga katta ishonch bilan qarashayotgan vosita hisoblanadi.
SMM Oʻzbekistonda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda ham SMM rivojlanmoqda. Foydalanuvchilar 2019-yilga nisbatan 49% oshdi.[2] 18 milliondan oshiq Internet foydalanuvchilar Telegram ijtimoiy tarmogʻidan foydalanib kelmoqda. Bu raqamga asoslanib aytish mumkinki, Telegram Oʻzbekistonda eng ommabop ijtimoiy tarmoq deb hisoblash mumkin.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |