Sobitxon Hoshimovich Nosirxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nosirxoʻjayev Sobitxon Hoshimovich (1929.28.12, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), tarix fanlari doktori (1971), professor (1972). Toshkent yuri-dik instituting tugatgan (1951). Toshkent politexnika institutida katta oʻqituvchi (1954—64). Toshkent pedagogika institutida dotsent (1964—71), kafedra mudiri (1971—82), demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyeti kafedrasi professor (1989 yildan). Toshkent viloyati pedagogika instituti rektori (1983—88). Asarlari Oʻzbekistonda tarix, madaniyat, maʼrifat, milliy gʻoya, istiklol mafku-rasiga masalalariga bagʻishlangan. "Oʻzbekiston ziyolilari" (oʻzbek va rus tillarida, T., 1972), "Siyosatshunoslik fanidan qoʻllanma" (1992), "Prezident Islom Karimovning "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asari milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari, politologiya fanida foydalanish uchun qoʻllanma" (2001), "Maʼnaviyat asoslari" (2003) va boshqa oʻquv qoʻllanmalari muallifi.

Manbalar[tahrir]

  • Siyosatshunoslik lugʻati, T., 1993; Sotsiologiya asoslari, T., 2001.