Soʻfi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(So‘fidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Soʻfi, Soʻfiy (taxallusi; asl ismsharifi Ilyos Mulla Muhammad oʻgʻli) (1860, Gurlan tumani — 1918, Xiva) — shoir, demokratik yoʻnalishdagi adabiyot vakili. Muhammad Aminxon madrasasi hamda Buxoro madrasasida oʻqigan. Moddiy qiyinchiliklarga qaramay 40 yoshlarida madrasani tugatgan. Lekin biror kasb egasi boʻla olmagan. Umrining oxirigacha Madrasa qujralaridan birida yashagan. Talabalik davridayoq shoir sifatida tanilgan. Hayotining koʻp qismi sayohatda oʻtgan, Urganch, Toshhovuz, Mangʻit, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot, Shovot, Hazorasp va boshqa joylarda boʻlgan. Xalq hayotini oʻrgangan; gʻazallarini yigʻinlarda oʻqib berib, omma orasida mashhur boʻlgan. Mumtoz shoirlar gʻazallariga naziralar bitgan, Munisga ergashgan, unga muhammaslar bogʻlagan. Gʻazallarida erkin muhabbat, sadoqat, mehru vafoni kuylagan, maʼrifatni, adolatni ulugʻlagan ("Us toz", "Mudarris", "Dars", "Hayf" va boshqalar). Asarlarida tasavvufiyfalsafiy va maʼrifiyaxloqiy qarashlar uygʻunlashib ketgan. Sheʼrlarida badiiy sanʼatlardan keng foydalangan. S.ning 6000 misrali devoni saqlangan.