Kontent qismiga oʻtish

Soʻnggi yaproq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Soʻnggi yaproq — O'. Henrining 1907-yilgi "Yonayotgan chiroq va boshqa hokoyalar" to'plamida chop etilgan qisqa hikoyasi. Hikoya ilk bor 1905-yil 15-oktabr kuni Nyu-York dunyosi gazetasida paydo bo'ldi[1] [2].

Qisqa bayon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hikoya voqealari Grinnvich qishlogʻida pnevmoniya (zotiljam — oʻpka yalligʻlanishi) epidemiyasi paytida sodir bo'ladi. Hayot va ijod borasidagi o'xshash qiziqishlari orqali Syu va Jonsi do'st tutingan va ko'p qavatli binolarning birida o'z ustaxonalarini tashkil qilishgandi. O'sha vaqtlarda o'ta o'g'ir hisoblangan zotiljam bardoshsiz, nimjongina Jonsini temir yotoqqa mixlab qo'yadi. Darmonsizlik oqibatida og'rigan qiz hayotdan butunlar umidini uzib, o'z dafn ma'rosimini kuta boshlaydi. Kech kuz o'rnini qish egallayotgan, deraza qarshisidagi devorga chirmashib o'sayotgan yovvoyi pechakgul yaproqlari to'kilayotgan pallada Jonsi Syuga o'z o'lim sanasini aytadi — shu pechakgulning so'nggi yaprog'i uzilganda.


Syu kun sayin og'irlashib borayotgan dugonasining ahvolini aytib, pastki qavatda yashovchi qariya Bermanga arzi-hol qiladi. Berman — oltmishdan oshgan, qirq yil mo‘yqalam surgan, ammo hali-hanuz unga ilhom parisin tutib qolish nasib etmagan, qisqa qilib aytganda, san’at sohasida omadi chopmagandi. Keksa musavvirning o'z shoh asarini yaratish istagi hamon tark etmagan, lekin hozirgacha bu ishni boshlay olmagan ham edi. Ikki rassom qiz uchun o'zini himoyachi deb hisoblaydigan Berman shu kecha zg'irin qor-yomg'irli kechada pechakgulga so'nggi yaproq — o'z shoh asarini chizadi.


Nimjon yaproq ham yashash uchun kurashganday uzilmayotganini ko'rgan Jonsi zaifligidan, irodasizligidan xijolat bo'lib, oxir-oqibatda tuzalib ketadi. Zotiljamdan xalos bo'lgan Jonsini so'nggi ko'rikdan o'tkazayotgan shifokor, qizlarga pastki qavatdagi qariya Bermanning o'g'ir ahvolini ma'lum qiladi.


O'sha qor-yomg'irli kechada pnevmoniyadan o'lib ketayotgan yosh qo'shni qizning hayotini shoh asari bilan qutqargan Berman zotiljam yuqtirib olgandi. Keksayib qolgan zaif qariya kasallikka bardosh bera olmay vafot etadi.


Soʻnggi yaproq hikoyasi Nyu-York shahridagi Grinvich rassomlar koloniyasini tasvirlab beradi. Maʼlumot o'rnida, o'tgan asr davomida ushbu qishloq kambag'al ijodkorlar punkti sifatida dunyoga mashhur sayyohlik markaziga aylandi[3].

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Syu, yosh rassom.
  • Johnsi, Syu bilan yashaydigan dugonasi, pnevmoniyaga chalingan, ammo soʻnggi yaproq mavjudligi tufayli omon qoladi.
  • Berman, keksa rassom.

Soʻnggi yaproq hikoyasi tez-tez ekranlashtirilib turiladi.

  1. „O. Henry's Full House“. AFI Catalog of Feature Films. American Film Institute. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  2. „The Last Leaf“. The FictionMags Index. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  3. „A Summary and Analysis of O. Henry's 'The Last Leaf'“ (en-US). Interesting Literature (2022-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 1-may.